Qadimgi german qabilalari mundarija


German qabilalari va Rim imperiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/30
tarix26.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#113001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Qadimgi German qabilalari

German qabilalari va Rim imperiyasi
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI

1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi
Milodning ilk asrlarida Osiyodagi xunn, Yevropadagi german qabilalarida mulkiy tabaqalanish kuchayib, ular zaiflasha boshlagan Rim imperiyasiga bosqinlarini kuchaytirishgan.
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari. Milodiy IV—VI asrlarda Yevropani xunn qabilalari boshlab bergan «Xalqlarning buyuk ko‘chishlari» jarayoni qamrab oladi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos bir qancha sabablari bo‘lgan. Avvalo, german qabilalari da aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi, mulkiy tabaqalanish kuchayishi German qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi. Bundan tashqari, xunnlarning IV asrdan Sharqdan ko‘chishlari va hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z yerlaridan siljishga majbur qilgan. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi keyingi asrlarda ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantirdi. Ushbu omillar xalqlarning yashash va xo‘jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo‘lgan. IV—VI asrlar Yevropa xalqlari tarixi uchun buyuk ko’chishlar davri hisoblanadi.
German qabilalari va ularning mashg‘ulotlari. Rim imperiyasining shimoli-sharqiy chegaralari bo‘ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida ham urug‘chilik jamoasi daraj asida yashar edilar.
Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar)
Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar.
German qabilasi chorvachilik bo‘lgan. Chorvadan tashqari parranda boqqanlar, ov va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko‘payishi xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyatini. Urug‘ jamoalari hamkorlikda o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar. Yerga oddiy yog‘och so‘qa bilan ishlov berilishi, yerning o‘g‘itlanmasligi ekinzorlarning kuchsizlanib, 2—3 yildan so‘ng hosilning keskin kamayishiga olib kelgan. Germanlarda keyinchalik omochdan temir plugga o‘tilishi mehnat unumdorligi, hosilning oshishiga sabab bo‘lgan.
Ø Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog‘onasida turuvchi xalqlami «varvarlar» deb ataganlar.
Ø Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma’lumot larni Yuliy Sezarning «Galliya urushi haqida xotiralar» va Rim tarixchisi Tatsitning «Germaniya» asarlarida uchratamiz.
Asrlar o‘tib dehqonchilikda almashlab ekish qo‘llanila boshlandi. Milodiy IV asrdan bahorgi va kuzgi bug‘doy o‘rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo‘lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo‘lga qo‘yilgan. Bu hosil miqdorini oshirish bilan bir vaqtda ekinzorlarni tez-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etadi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan, karam yetishtirishgan.
Germanlarda hunarmandchilikning to‘qimachilik, yog‘ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, teri-ko‘nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. German qabilalari qo‘shnilari bo‘lgan rimliklarga qullar, chorva mollari, teri, kahrabo yetkazib berib, ulardan vino, nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari olishgan. Savdo mol ayirboshlash shaklida bo‘lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə