Qadimgi german qabilalari mundarija


Germanlarning ijtimoiy tuzumi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə3/30
tarix26.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#113001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Qadimgi German qabilalari

Germanlarning ijtimoiy tuzumi. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelguniga qadar urug‘chilik bosqichini boshdan kechirgan. IV asrda mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag‘allarga ajrala boshladi va zodagonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllangan.
Mulkiy tabaqalanish natijasida ularda konung — zodagonlar yo‘lboshchisi shakllanib, mavqei kuchaya borgan. 
· Konung — qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida — harbiy yo‘lboshchi.
Germanlar hayotida qabila harbiy qo‘shin boshliqlari o‘rni ham muhim bo‘lgan. Harbiy o‘ljaning katta qismi yo‘lboshchiga tekkan. Sababi, u bo‘linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta’minlagan.
German qabilalari IV—V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlagan. Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lgan. Qabilalarning oliy organi hisoblangan xalq yig‘inlari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qota borib, harbiy bo‘linmalar va ular yo‘lboshchilarining obro‘si oshgan.
Ø Alemann, got, franklar — germanlarning eng yirik qabilalari. 
Chegara hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o‘ta boshlaganlar.
Bu harbiy bo‘linmalar Rim qo‘shinlari yurishlari paytida alohida jangovar birlik sifatida qatnashgan. ba’zida germanqabilalari imperiya chegaralarini tashqi dushmanlardan himoyalash vazifasini zimmasiga olgan. Xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida ijtimoiy taraqqiyot yanada tezlashgan.
Rim imperiyasiga bosqinlar. Zaiflashib qolgan Rim qo‘shni varvarlar hujumini to‘xtata olmagan. Qulchilik zulmidan aziyat chekkan mahalliy aholi german qabilalariga qarshi chiqmay, ba’zida ular tomoniga o‘tib ketganlar. V asr boshlarida Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati — Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o‘z davlatlarini tuzgan.
Germanlar istilosi 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘lgan. Yevropada yangi — feodal jamiyatiga o‘tish davri boshlangan.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə