Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
JAHON ADABIYOTI

Klassitsizmda
qahramonlar xarakteri umumiy va biryoqlamadir.Klassitsizm 
nazariyasi boyicha butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos, qasida) va 
«tuban» (komediya, satira, epigramma) janrlarga bolinadi.«Yuksak» janrlarda 
davlat ishlari, qirol va hukmron tabaqa vakillarining harakatlari tantanali uslubda 
tasvirlanishi kerak. «Tuban» janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik 
turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar 
tilining aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslubning qopol 
iboralardan holi bolishiga katta e'tibor beradilar. Biroq gozallikni idrok qilishda 
yagona mezon sifatida istedodga ortiqcha baho beradilar. Qahramonlarning 
oldindan belgilab qoyilgan sxema va logik qonunlarga kora «yaxshi» va 
«yomon»ga ajratilishi natijasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qoyilgan. 
Klassitsizmda
muhim orin egallagan drama janrida 
3
birlik qo-nuniga rioya etish 
talab etiladi; 


56 
1) zamon (voqea bir kunda bolishi kerak) birligi; 
2) makon (hodisalar bir joy, bir binoda bolishi kerak) birligi; 
3) harakat (yagona sujet yoli) birligi. 
Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan yonalish 
hisoblanadi. "Gumanistlar qadimgi yunon va rim madaniyatini organish va uning 
ilgor goyalarini targib etishda jiddiy ish qildilar. Biroq ularning antik sanat 
haqidagi nazariyalarida bir qator nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab orta asrlar 
adabiyotidagi milliy xususiyatlarni e'tiborga olmaslikdir. Shuning uchun 
klassitsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda oz rivoji uchun zamin 
topolmadi"22. 
Klassitsist yozuvchilar Rim va yunon sanatining yuqori bosqichiga kotarilgan 
davrda yaratilgan asarlariga ergashib, osha davr adabiyotining namunalari va 
qoidalarini ozgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va ornak 
boluvchi ijoddan iborat, deb uluglab, ularning nazariy qarashlari va amaliy 
yutuqlarini qabul qildilar. Biroq mavhum goyalarni ideallashtirish, davrning real 
hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qattiq logik 
qonunlarga boysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab qoygan edi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə