Qadimgi Yunon madaniyati Reja



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə2/10
tarix29.11.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#141847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qadimgi Yunon madaniyati

2. Qadimgi Yunon adabiyoti. Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yunon adiblari ajoyib afsona, rivoyat, she`r, qo`shiq, doston, tragediya va komediyalar yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og`zaki tarzda ijro etib avloddan-avlodga yetkazganlar.
«Gerakl», «Didalva Ikar», «Argonavtlar», «Iliada» va «Odisseya» kabi afsona, doston va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri Gomer bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asrda, boshqa ma`lumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifidir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan o`tkazgan sarguzashtlari hikoya qilingan. Yunon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gesiod bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan. Uning «Mehnat va kunlar» poemasi yunon mehnatkashlariga mehr-muhabbat, tekinxo`r aslzodalarga nafrat ruhida yaratilgan. Gesiod o`z asarida mehnat ahlini ulug`lagan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur shoir-dramaturglar ijod etganlar. Ularning har biri o`lmas qo`shiq, she`r va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bo`lib, u miloddan avvalgi 525–456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. U «Tragediya otasi» hisoblanadi. Uning eng mashhur tragediyalari «Zanjirband Prometey» va « Forslar» dir. «Zanjirband Prometey» asarida pahlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi. Rivoyatga ko`ra u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qo`lga o`rgatishni, kema yasashni, «hisob ilmi» va xat-savodni o`rgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni g`azablantirib Prometeyni tog` qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini cho`qib yeyishni buyuradi. Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan mahrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday g`azab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qa`riga tushib ketadi.
Esxilning «Forslar» tragediyasi miloddan avvalgi 492–449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bag`ishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi Sofokldir. U miloddan avvalgi 496–406-yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir. U 120 dan ortiq tragediyayozgan bo`lib, uning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari mashhurdir. Yunon adiblari komediya sohasida ham shuhrat qozonganlar. Yunon komediyasining yirik namoyanda-laridan biri Aristofan bo`lib, u miloddan avvalgi 480–388-yillarda yashab ijod etgan. U «Tinchlik», «Ayollarxalqyig`inida» va «Suvoriylar» kabi komik – kulgili pyesalar yaratgan. Yunoniston tarixini o`rganishda yunon adabiyotining hissasi beqiyos darajada kattadir.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə