Qadimgi Yunon madaniyati Reja


Yunonistonda me`morchilik va haykaltaroshlik



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#141847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qadimgi Yunon madaniyati

3. Yunonistonda me`morchilik va haykaltaroshlik. Qadimgi yunonlarda me`morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilikning kelib chiqishi Krit Mikena davriga borib taqaladi. San`atning bu turlari asta-sekin rivojlana borib miloddan avvalgi V asrda o`zining yuqori pog`onasiga ko`tariladi. Yunon me`morlari ibodatxona, teatr, saroy va jamoat binolarini qurishga alohida e`tibor berganlar. Ular yig`ilish va majlislar o`tkaziladigan ustunli peshayvonlar qurishga alohida e`tibor berganlar. Ustalar peshayvonlarning ustunlarini yo`g`on yog`ochdan yo`nib ishlaganlar. Keyinchalik esa yog`och ustunlar o`rniga marmar ustunlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi VI–V asrlarda ikki xil ustunlar ishlatilgan. Biri marmar polning o`zidan o`sib chiqqandek usti oddiy plita bilan jilolangan. Bunday salobatli ustunlar doriy uslubidagi ustunlar deb atalgan. Bunday ustunlarni kuchli erkak kishining yo`g`on gavdasi qiyofasida ishlaganlar.
Ikkinchi xil ustunlar o`ta nozik, xushbichim bo`lib, ular kelishgan ayol qiyofasida ishlangan. Ustunning yuqori qismi esa qo`chqoraing gajak va qayrilma shoxlariga o`xshatilgan. Bu ustunlaiga nafis naqshlar ham ishlangan. Bunday ustun ioniya uslubidagi ustunlar deyilgan. Yunonlar agora, gimnaziya, teatr, ibodatxona va boshqa binolar qurilishiga katta e`tibor berganlar. Ibodatxona «xudoning uyi» hisoblanib, u to`g`ri to`rtburchak shaklida qurilgan. Uning to`rt tomoniga ustunlar o`rnatilgan. Ibodatxona va jamoat binolarining tomi ikki tomonga nishab qilib ishlangan.
Afinadagi Parfenon, Zevs, Afina ibodatxonalari, Afina akropoli va boshqalar jahon me`morchiligining nodir durdonalaridan hisoblanadi.
Ibodatxonalarning ichi, tashqarisi xudolar, afsonaviy qahra-monlarning haykallari bilan bezatilgan.
Afina Yunonistondagi eng go`zal shahariardan biri bo`lgan. Qadimgi yilnomalarda «Agar sen Afinani ko`rmagan bo`lsang to`nkasan! Ko`rgan bo`lsang-u, undan zavqlanmagan bo`lsang eshaksan! U yerdan o`z ixtiyoring bilan ketgan bo`lsang tuyasan!», deb yozilgan ekan.
Haykaltaroshlik ham qadimgi yunon san`atining bir turi hisoblanadi. Bu davrda haykaltaroshlik shu darajada rivoj topgan ekanki, qadimgi yunon tarixchisi Plutarx hazil tariqasida «Afinada odamlarga qaraganda haykallar ko`proq» deb yozgan ekan. Ustalar asosan Zevs, And, Afina, Appalon, Dionis, Germes, Gefest kabi xudolar va ma`budlarning Gomer, Gerodot, Solon, Femistokl, Perikl, Demokrit, Suqrot, Sofokl, Esxil kabi tarixiy shaxslarning byust va haykallarini juda ustalik bilan ishlaganlar. Haykaltaroshlar kurash tushayotgan polvonlar, nayzabardorlar, disk uloqtirayotgan yigitlar, Gerakl va boshqa afsonaviy qahramonlarning haykallarini shunday. mahorat bilan ishlaganlarki, uni ko`rib kishi hayratga tushadi. Marmardan yasalgan odam haykallari ba`zan kishi badani rangiga bo`yalgan. Ularga ba`zan rangli toshlardan ko`z ham o`rnatganlar. Haykallar ba`zan yalang`och, ba`zan kiyimda ishlangan.
Kiyimsiz va yarim yalang`och haykallar orqali haykaltaroshlar odam tashqi qiyofasining go`zalligini ko`rsatmoqchi bo`lganlar.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə