o„quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish
ko„nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug„ullanishi
imkonini
beruvchi kasb egasi bo„lishlarini ta‟minlash;
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar
bo„yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta‟minlash.
8. O„quv kursining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim
muassasalarida zarur tashkiliy, o„quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-
sharoitlar yaratiladi.
3-bob. O„quv kursida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
9. O„quv kursining o„quv-tarbiya jarayoni O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan o„quv rejasiga asosan amalga oshiriladi.
10. O„quv kursidagi kasb-hunarning turiga qarab hududdagi
tegishli tashkilotlar bilan
tuzilgan shartnoma asosida amaliy mashg„ulotlar tashkil etilishi mumkin.
11. O„quv kurslarida o„quvchilarda kasbiy kompetensiyalar va amaliy mehnat ko„nikmalari
rivojlantiriladi.
12. O„quv kurslari umumta‟lim dasturlari bilan bir vaqtda ta‟lim muassasasining
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlangan dars jadvali asosida amalga oshiriladi.
O„quv kurslaridagi o„quvchilar soni alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) guruhlaridagi
bolalar soni me‟yorlariga muvofiq ravishda belgilanadi.
13. O„quv
kursining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta‟tillarning muddati,
davomiyligi, shuningdek, o„quv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va
yakuniy davlat attestatsiyasini o„tkazish tartibi hamda ta‟lim jarayoniga tegishli boshqa talablar
qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan o„quv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida
belgilanadi.
14. O„quv kursida tasdiqlangan tayanch o„quv rejasiga asosan ikki o„quv
yili davomida
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining qisqartirilayotgan o„quv soatlari doirasida 10-11-sinflar
o„quvchilari jami 476 soat, intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun (yordamchi)
maktablar, maktab-internatlarining 8-9-sinflar o„quvchilari jami 816 soat kasbga o„qitiladi, har bir
o„quv yili yakunida o„quvchilar uchun 20 soatdan iborat ishlab chiqarish amaliyoti o„tkaziladi.
15. O„quv kursi jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
o„quv yilining davomiyligi — 34 hafta;
haftasiga bir kunlik dars mashg„ulotlarining davomiyligi ixtisoslashtirilgan ta‟lim
muassasalarining 10-1-sinflari o„quvchilari uchun — 7 soat, intellektual rivojlanishida nuqsonlari
bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarining 8--sinflari o„quvchilari
uchun — 12 soat;
dars mashg„ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashg„ulotlari oralig„idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
16. O„quv kurslarida har bir sinf o„quvchilari,
shu jumladan, bitta sinfning o„g„il va qiz
bolalari uchun mashg„ulotlar kasb va mashg„ulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqib
hamda o„quvchilarning xohish va istagini inobatga olgan holda alohida-alohida tashkil etiladi.
Ikki yoki undan ortiq sinf o„quvchilarini qo„shgan holda mashg„ulotlar tashkil etilishiga
yo„l qo„yilmaydi.
17. O„quvchilarning kasb-hunarga oid kompetensiyalarini (bilim, ko„nikma va malakalari)
aniqlash va nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan belgilanadigan
baholash mezonlari asosida o„quv kursi davomida quyidagi nazorat turlari bo„yicha
amalga
oshiriladi:
joriy nazorat — o„quvchilarning kasbiy bilim, ko„nikma va malakalari, kasbga oid
ko„nikmalarini namoyish etish, loyihalash, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, yozma ish
ko„rinishida
amalga oshiriladi;
oraliq nazorat — chorak va yarim yillik yakuni bo„yicha o„quvchilarning kasbiy bilim,
ko„nikma va malakalarini baholash uchun o„quv dasturining ma‟lum bir mantiqiy yakunlangan
qismi tugaganidan so„ng amaliy ko„nikmalarni namoyish qilish yoki yozma ish ko„rinishida amalga
oshiriladi;
yakuniy nazorat — o„quvchi tanlagan mutaxassislik bo„yicha kasbga o„qitish jarayoni
tugaganidan so„ng egallagan kasb-hunar bo„yicha kompetentligini amaliy
namoyish etishi orqali
yakuniy davlat attestatsiyasidan o„tkaziladi.
18. O„quv kursidagi yakuniy nazorat ishi umumiy o„rta ta‟lim muassasalari yakuniy davlat
attestatsiyasidan kamida bir hafta avval o„tkaziladi.
19. O„quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan o„quvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi
ushbu Nizomga
2-ilovada
keltirilgan shaklda kasb malakasi bo„yicha davlat namunasidagi sertifikat
beriladi.
Malaka talablariga muvofiq yakuniy nazoratdan o„ta olmagan o„quvchilar uchun qayta
yakuniy nazorat har yilning avgust oyida tashkil etiladi.
Qayta yakuniy nazoratdan o„ta olmagan o„quvchilarga kasbiy ta‟limni olganligi
to„g„risidagi ma‟lumotnoma beriladi.
20. O„quv kursidagi o„quv-tarbiya jarayoni bilan bog„liq boshqa masalalar tayanch o„quv
rejasi va o„quv dasturiga muvofiq belgilanadi.
21. O„quv kurslari faoliyatining samaradorligi O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi
vazirligi tomonidan doimiy monitoringi olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: