Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim
muassasalarida kasbga o„qitish kurslarini tashkil etish tartibi to„g„risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat
ta‟lim muassasasi (keyingi o„rinlarda — ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasasi) o„quvchilarini
(keyingi o„rinlarda — o„quvchilar) kasbga o„qitish kurslarini (keyingi o„rinlarda — o„quv kursi)
tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O„quv kurslari alohida e‟tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo„lgan bolalarning ta‟lim olishi,
aniq bir kasbni egallashi uchun ko„maklashish natijasida bitiruvchilarning quyidagi samaradorlik
mezonlariga erishish ko„zda tutiladi:
o„rgangan kasbi bo„yicha mustaqil faoliyat yurita olish;
kasbiy faoliyatida kasbga doir texnologiyalarni to„g„ri va xatosiz tanlash va qo„llay olish;
xomashyoning yuqori sifatiga baho bera olish va mahsulotni sifatli tayyorlay olish;
ishlab chiqarishda
texnologik talablarni bajarish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish,
ish vaqtini mustaqil rejalashtira olish, o„zini
muntazam nazorat qilish, ish jarayonidagi
vaziyatlarga baho berish va to„g„ri qarorlarni qabul qilish;
ish beruvchi va ishchi o„rtasidagi munosabatlarni tartibga
soluvchi mehnat haqidagi
qonunlarni bilish;
mehnat faoliyatiga ijodkorlik bilan yondasha olish, innovatsion texnologiyalarni joriy
qilish bo„yicha kreativ tashabbuslar ko„rsata olish;
bajargan ishi bo„yicha shaxsiy mas‟uliyatni va javobgarlikni his qilish.
3. O„quv kurslari alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat
ta‟lim muassasalarining o„quvchilariga kasb-hunar o„rganishini,
ularda kasbiy bilim va
ko„nikmalarni shakllantirishni, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan
bolalarning
kasb-hunarga ega bo„lishi va jamiyatda o„z o„rnini topishini ta‟minlaydi.
4. O„quv kurslari barcha ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida 10-11-sinf (intellektual
rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarning 8-9-
sinf) o„quvchilari uchun tashkil etiladi hamda ta‟lim berish muddati 2 yil bo„ladi.
5. O„quv kurslarini ushbu Nizomga
1-ilovada
keltirilgan ro„yxat asosida o„rgatiladigan
kasbga mos zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda xomashyo materiallar bilan ta‟minlash
ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasasi joylashgan tuman (shahar) hokimligi tomonidan amalga
oshiriladi.
O„quv kursida o„rgatiladigan kasblarning malaka talablari O„zbekiston Respublikasi Xalq
ta‟limi vazirligi tomonidan Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: