Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Harakatlanish tezligi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

11-bob. Harakatlanish tezligi
77. Haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning xususiyati
hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni
hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda xavfsizlikni ta’minlovchi
tezlik bilan boshqarishi kerak.
Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining
harakatlanishini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga
kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki
to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini
ko‘rishi kerak.
78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l
belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300
metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy
binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga
ruxsat etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek
shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan
harakatlanishga ruxsat etiladi.
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-
apreldagi 140-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/140/0191-
son)
79. Aholi punktlaridan tashqarida:


yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk
avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan
oshirmasdan;
boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5
tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish
ruxsat etiladi.
80. Har qanday yo‘llarda:
yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan
oshirmasdan;
bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan
oshirmasdan;
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50
kilometrdan oshirmasdan;
xavfli, og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada
harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan
harakatlanishga ruxsat etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni
ta’minlaydigan hollarda, yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish
tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat beradi.
81. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan
oshirish;
tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezligi cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan
oshirish;
zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit
berish;
yo‘l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo‘lmaganda, keskin tormoz berish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə