Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


 - rasm. Jigar qurtining rivojlanishi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 28 - rasm. Jigar qurtining rivojlanishi:
1 - voyaga yetgan davri; 2 - suvdagi tuxum-lari; 3 - kiprikli lichinka; 
4 - chuchuk suv shillig‘i; 5 - 6 - dumli lichinka; 7 - о‘simlikka yopishgan sista; 8 - 
qoramol. 
Jigar qurtining tuxumlari qalin pо‘st bilan о‘ralgan bо‘lib. 0.13-0.15 mm 
uzunlikda bо‘ladi. U boshlang‘ich rivojlanish davrini bachadonda о‘tkazadi. 
Tuxumlar jigar qurtining tanasidan chqqandan keyin xо‘jayinning jigar yо‘llaridan 
о‘t yо‘llariga о‘tib, undan ichakka о‘tadi va najas bilan tashqi muxitga chiqadi. Bu 
vaqt davomida undan lichinka rivojlanadi. Bunday tuxumlar suvga tushganda va 
qulay sharoitda ulardan lichinka – (mirasidiylar) chiqadi. Uning usti kiprikchalar 
bilan qoplangan. Anna shu kiprikchalar yordamida mirasidiy suvda yerkin suzib 
yuradi. Mirasidiyning bosh tomonida (X) shaklida ikkita (kо‘zchasi) bor, ular 
yorug‘likni sezish uchun xizmat qiladi. Mirasidiy tanasining keyingi qismida 
yembirion hujayralar deb ataluvchi yoki urug‘lanmasdan rivojlanish xususiyatiga 
yega bо‘lgan partenogenitik tuxumlar yetishadi. Mirasidiy oziqlanmaydi, u 
yembirion taraqqiyoti vaqtida yig‘ilgan glshikogin hisobiga yashaydi. Suvda 30-40 
soat davomida suzib yurgandan keyin u tanasining oldingi uchida joylashgan 
muskilli xartumchasi yordamida mollyuska tanasini teshib, unga kirib oladi. Bunda 
uning xartumchasi asosida joylashgan maxsus bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik 
muxim ahamiyatga yega, chunki u mirasidiy kirayotgan joyda molluyuska tana 
tо‘qimasining parchalanishini ta’minlaydi.
Mirasidiy fizialogiyasi va yekalogiyasiga kо‘ra xо‘jayinni axtarib topish va 
uning ichiga kirishga muofiqlashgan. Ular jigar qurtining tarqalishiga asosiy 
manba hisoblanadi.
Mirasidiy mollyuska tanasiga kirib olgandan sо‘ng, kiprikchalarni tashlab, 
noaniq shakildagi harakatsiz sporosistaga aylanadi. Sporasistada bezlar, nerv 
organlari va kо‘zlar redulsiyalanib faqat ayirish organlari va yembirion hujayralari 
о‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Sporasista tobora rivojlanib, о‘sadi va partenogenitik 
yо‘l bilan kо‘payadi. Undagi yembirion hujayralar soni bir necha martaga oshadi 
va yembirion sharlari hosil bо‘ladi. Bularning xar bittasidan (rediyalar) yetishadi. 
Shakillangan rediyalar sporasista pо‘stini teshib undan chiqadi va mollyuska 
jigariga о‘tib riaojlanishni davom yettiradi. Rediyalar harakatchan, chо‘ziq 


haltasimon shakilda. Ciporistaga nisbatan yuqori tuzilishga yega. Ularda teri- 
muskil xaltasi, og‘iz, tomoq, kо‘r о‘simtali ichak, neriv sistemasi va ayirish 
organlari ancha rivojlangan. Gavda bо‘shlig‘ida yembirion hujayralari joylashgan. 
Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashab, aktiv hayot kechiradi. Ularning 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə