Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 
Ishning mazmuni : 
Jigar qurti keng tarqalgan bо‘lib, har xil mayda va yirik
qoramollarda, shuningdek boshqa о‘txо‘r hayvonlarning jigarida parazitlik qilib 
hayot kechiradi. Ba’zan odamlar ham uchraydi. Jigarning о‘t yо‘llarida yashab, 
qon va jigarda hosil bо‘ladigan mahsulotlar bilan ovqatlanib hayot kechiradi. 
Tanasi ikki tomonlama simmetirik bо‘lib, uzunligi 3-4 sm ga yetadi. Konussimon 
chо‘zilgan oldingi qismining uchida og‘iz sо‘rg‘ichi, undan pastroqda esa qorin 
sо‘rg‘ichi bor. Bu sо‘rg‘ichlar о‘t yо‘llariga yopishib, ushlab turish vazifasini 
bajaradi.
 27 - rasm. Jigar qurtining tuzilishi: 
 
1 - og‘iz sо‘rg‘ichi; 2 - og‘zi; 3 - qorin sо‘rg‘ichi; 4 - ichak; 5 - jinsiy sistemasi. 
Tana qoplag‘ichi (tegument) deb atalgan kipriksiz epitiliydan iborat. 
Tegumint ikki ya’ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bо‘lgan ichki qavatdan iborat. 
Tegumentning tashqi va ichki qavati plazmatik menbrana orqallli ajralib turadi. 
Tashqi qavat hujayralari juda kо‘p metoxondiriyalar va vakuolalarga ega, lekin 
hujayralar о‘rtasida yо‘qolib, (sinstiy) hosil qiladi. Bu qavatning ostki tomoni 
bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari orqali sitoplazmatik 
ipchalar о‘tib, tegumentning ikala qavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi. 
Tegument ostida halqa va vо‘ylama muskullar joylashga. Jigar qurtining ovqat 
hazim qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi og‘ich sо‘rg‘ichining о‘rtasida 
joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘izdan keyin haqum oldi bо‘shlig‘i va 
muskilli tomoq joylashgan. Bular ovqat sо‘ruvchi apparatni hosil qiladi. 
Yendodermadan rivojlangan о‘rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bо‘linadi, ular 
yesa bir necha yon kо‘r о‘simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yо‘q, ovqat qoldiqlari 
og‘iz teshigi orqali chiqariladi chiqish naychasiga aylanadi. U yesa qо‘shilish 
organi sirrusga ochiladi. Sirrus sirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat 
qо‘shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqariladi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə