Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

19 – mashg’ulot. 
Mavzu:
Zuluklar (Hirudinea) sinfi. Tibbiyot zulugining tashqi va ichki 
tuzilishi. 
 
Ishning maqsadi: 
Tibbiyot zulugining morfologiyasi, anatomiyasi va 
rivojlanishini о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
mikroskop, qо‘l lupasi, qisqich, о‘tkir uchli 
qaychi, 10
0
li spirt eritmasi, suvda saqlanayotgan tirik zuluklar, tibbiyot zulugi 
morfo-anatomik tuzilishini aks ettiruvchi kо‘rgazma rasmlar. Tablitsalar. Zuluk 
tanasining kо‘ndalang kesimi preparatlari. 
Tibbiyot zulugini morfologiyasini, anatomiyasini va kо‘ndalang kesmasini aks 
ettiruvchi tablitsalar, . 
Ishning mazmuni: 
Tibbiyot zulugi 10-15 sm uzunlikda bо‘lib, chuchuk suv 
havzalarida yashaydi. U ektoparazit, vaqti-vaqti bilan suvda yashovchi umurtqali 
hayvonlardan yoki suv atrofiga yaqin kelgan sut emizuvchi hayvonlardan va 
odamlardan qon sо‘radi. Tanasi yelka tomonidan qorin tomoniga qarab biroz 
yassilashgan. Oldingi uchida og‘iz sо‘rg‘ichi (sо‘rg‘ichning о‘rtasida og‘iz teshigi 
joylashgan), dum qismida esa ancha katta anal sо‘rg‘ichi bor. Anal teshigi ana shu 
sо‘rg‘ichining ustki qismida joylashgan. Zulukning tanasi sigmentlarga bо‘lingan, 
lekin bu haqiqiy sigmentlar emas, chunki tashqi bо‘g‘imlarining soni (102 ta) ichki 
bо‘g‘imlar soniga (33) teng emas. 
Tibbiyot zulugi jag‘li zuluklar turkumiga kiradi. Uning og‘iz bо‘shlig‘iga 
bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, xitindan iborat 3 ta jag‘i bor. Ularning ustki 
qismi qirrali, о‘tkirlashgan bо‘lib, unda 80-90 ta mayda tishchalar mavjud. Bular 
yordamida qon sо‘rish paytida zuluklar hujayinning terisini kesadi. Shuning uchun 
ham terida zuluk qon sо‘rgandan keyin3 qirrali chandiq izlari qoladi. Zulukning 
halqumi atrofida gerudin suyuqligi adratuchi bezlar joylashgan. Gerudin suyuqligi 
qonni ivib qolishidan saqlaydi, natijada zuluk qon sо‘rayotgan paytida u uzluksiz 
oqib turadi, hatto zuluk tо‘yib tushganidan keyin ham qon oqib turishi mumkin. 
Og‘iz bо‘shlig‘i va halqum ichakning ektodermadan hosil bо‘lgan oldingi qismini 
tashkil qiladi. Undan keyin esa endodermadan hosil bо‘lgan о‘rta ichak ki 
“jig‘ildon” boshlanadi. Uning ikkala yon tomonida 10-11 juft keyingi uchi berk 
о‘simtalar – diverkullalar mavjuddir.
Zulukning nerv sistemasi halqum usti va uning bilan konnektivalar 
yordamida tutashgan haqum osti nerv tugunlaridan, shuningdek qorin nerv 
zanjiridan iboratdir. Ayirish organi 17 juft metanifrediylardan iborat. 
Tibbiyot zulugida haqiqiy qon aylanish sistemasi bо‘lmaydi. Uning vazifasini 
selomning qoldig‘i bо‘lgan lakun sistemasi bajaradi. Bu sistema asosan 4 ta 


bо‘ylama kanaldan iborat bо‘lib, ular yelka, qorin va ikkala yon tomonlarda 
joylashgan. 
Hamma zuluklar, shu jumladan, tibbiyot zulugi ham ikki jinsli germofrodit. 
Tanasining о‘rta qismida metomer holatda 9 juft urug‘donlar joylashgan. Ulardan 
chiqqan qisqa naychalar urug‘ yо‘llariga kelib tutashadi. Tuxumdonlar bir juft 
bо‘lib, ulardan boshlanadigan tuxum yо‘llari birga qо‘shilib buralgan qisqa 
bachadonga aylanadi. Bachadonning keyingi qismi kengayib, erkaklik jinsiy 
teshigidan keyin 12 segmentda tashqariga ochiladigan qinni tashkil qiladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə