Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

18 – mashg’ulot. 
Mavzu: Kam qilli chuvalchanglar (Oligochaeta) sinfi. Yomg‘ir 
chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi. Ahamiyati. 
Ishning maqsadi: 
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi, ichki tuzilishi, 
rivojlanishi va ahamiyatini о‘rganish. 
Kerakli 
materiallar 
va 
jihozlar: 
yomg‘ir 
chuvalchangining 
morfologiyasini va kо‘ndalang kesimini aks ettiruvchi tablitsalar, tirik yomg‘ir 
chuvalchanglari, qо‘l lupalari kichik qisqichlar, kichik tug‘inag‘ichlar, yomg‘ir 


chuvalchangining 
kо‘ndalang 
kesimining 
bо‘yalgan 
mikropreparatlari, 
vannachalar, suvga tо‘ldirilgan idishlar, doka rumolcha. 
Ishning mazmuni: 
Yomg‘ir chuvalchangi 15-20 sm uzunlikda bо‘lib, 
organik chiqindi moddalarga boy bshlgan tuproqlarda yashaydi. Tanasi bir xil 
tuzilishga ega bо‘lgan simentlardan tashkil topgan. Oldingi va keyingi uchlari 
birozingichkalashgan. Yelka tomoni qoramtir, qorin tomoni esa oqishroq rangda 
bо‘ladi. Tanasining 32-37 sigmentlari yelka tomoni ancha yо‘g‘onlashib, belbog‘ 
qismini hosil qiladi. Unda suyuq modda ishlab chiqaradigan bir necha mayda 
bezlar joylashgan. Bu suyuqlik qо‘yilgan tuhumlarni ustini о‘rab, pilla hosil qilish 
uchun ishlatiladi. 
 37-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi:
A - yon tomondan kо‘rinishi; V -qorin tomondan kо‘rinishi: 1 -og‘iz; 2 - yon 
tuklar; 3 - qorin tomoni tuklari; 4 - belbog‘; 5 -jinsiy teshiklar. 
Yomg‘ir chuvalchangining oldingi uchida doirasimon bosh yoki og‘iz oldi kuragi – 
prostomium va undan keyin esa tananing birinchi sigmenti – peristomium 
joylashadi. Uning bosh qismida hech qanday sezuvchi о‘simtalari 
bо‘lmaydi.tanasining har bir sigmenti yon tomondan 2 juftdan (hammasi 8ta) 
mayda qillar joylashgan. Bu albatta ularning kо‘p qilli xalqali chuvalchanglardan 
kelib chiqqanligining dalilidir. Yashash sharoitiga moslanishish natijasida 
parapodiyalar yо‘qolib, faqat bir qism qillar saqlanib qolgan. 
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining sigmentlari tashqi tomondan bir-biridan 
sigmentlararo egatcha orqali ajralib turadi. Chuvalchangning yelka tomonidagi bu 
egatchalarga teshikchalar bо‘lib, ular orqali tana bо‘shlig‘i suyuqligi chiqib turadi 
va terini namlaydi. Buning natijasida chuvalchangning nafas olishi osonlashadi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə