Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 
17 – mashg’ulot. 
Mavzu: Halqali chuvalchanglar tipi (Annelida). Ko‘p qilli chuvalchanglar 
(Polychaeta) sinfi. Vakillar: Nereis yoki qum chuvalchangining tuzilishi. 
 
Ishning maqsadi:
Halqali chuvalchanglardan ko’ptuklilarning ya’ni 
nereisning tuzilishini o’rganish, ularning xilma-xil turlari bilan tanishish. 
Kerakli material va jixozlar:
fiksatsiya qilingan nereis va qum 
chuvalchanglar, preparatlar, lupalar, mikroskoplar, tablitsalar, petri kosachasi, soat 
va buyum oynalari. 
Ishning mazmuni.
Nereis dengiz va okeanlarda hayot kechiradi. Uning 
gavdasi bosh, metamer bo’g’inlarga bo’lingan tana va dum (pigidiy) qismlardan 
iborat. 
Nereis 10-15sm uzunlikda bo’lib, gavdasi 80-100 ta segmentlar (xalqalar) 
dan tashqil topgan. Bosh qismi ikki segmentdan-og’iz oldi (prostomium) va og’iz 
(peristomium) dan iborat. Og’iz oldi bo’limida (prostomiumda) ikki juft ko’zlar, 
hid bilish chuqurchasi, bir juft paypaslagichlar va 2ta palplar joylashgan. Bular 
sezish organlaridir. Bosh qismining ikkinchi bo’g’imi-peristomium deb atalib 
boshqa bo’g’imlarga nisbatan uzunroq, parapodiyalari yo’q, ammo oldingi ikki yon 
tomonida 4 tadan moylovchalari bo’lib, qorin tomonida og’iz joylashgan. Dum 
yoki pigidiy qismida anal teshigi va bir juft anal paypaslagichlari mavjud. 
Tananing ikkita bosh bo’g’imlaridan tashhari hamma gavda bo’g’imlari bir xil 
tuzilgan. 
Gavdaning bosh qismdagi ikki bo’g’indan tashhari har qaysi bo’g’imida yon 
tomonida bir juftdan parapodiylar joylashgan. Bular kalta, sermuskulli va 


 
 
 
36-rasm. Nereis (Nereis pelagica) ning tuzilishi. 
A-nereisning oldingi va B-keyingi tomoni: 1-paypaslagichlar (antennalar); 2-palp; 
3-og’iz yoki moylovlari; 4-ko’zlar;5-prostomium; 6-hidlash chuqurchasi; 7-
peristomium; 8-parapodiylar; 9-qillar; 10-orqa moylov; 11-pigidiy; 12-anal 
moylovlari; 13-orqa qon tomiri. 
harakatchan tana organlari bo’lib, nereislar ular yordamida harakat qiladi. 
Parapodiy ikki bo’lakchadan ya'ni yelka (notopodiya) va qorin (nevropodiya) 
tomonlaridan iborat. Parapodiya bo’laklarining har birida bittadan uzun moylovlar 
va tutam-tutam bo’lib joylashgan tuklar mavjud (shu sababli bularni ko’p tukli 
chuvalchanglar deyiladi). har bo’lakchadagi tuklar orasida bittadan ancha yo’qon 
va parapodiyalarning asosidan chiqadigan tukcha bo’lib, tayanch tukcha deb 
ataladi. Nereis mayda organizmlar va chiriyotgan organik moddalar bilan 
oziqlanadi. 
Qon aylanish sistemasi mavjud bo’lib, u tananing orqa va qorin tomoni 
boylab joylashgan qon tomirlardan iborat. qon aylanish sistemasi yopiq. Ayirish 
sistemasi har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanifridiylardan iborat. 
Nereis ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhitda urug’lanadi. Tuxumdan troxofora deb 
ataluvchi lichinka chiqadi. 
Qum chuvalchangi (Arenicola marina) ham dengiz va okeanlarda o’troq holda 
hayot kechiradi. Uzunligi 15-20 mm keladi. qum ichida o’troq hayot kechirgani 
uchun uning tana tuzilishi ancha o’zgargan, xususan parapodiyalar soni kam va 
yaxshi rivojlanmagan. Gavdaning o’rtasidagi parapodiyalar jabralar bilan qo’shilib 
ketgan. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə