Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


 CHAYON VA FALANGANING UMUMIY TUZILISHI



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

1. CHAYON VA FALANGANING UMUMIY TUZILISHI 
Kerakli jihozlar:
Fiksatsiya qilingan chayon, falanga, Petri kosachasi
penset, qо‘l lupasi, chayon va falanganing tashqi va ichki tuzilishini ifodalovchi 
kо‘rgazma rasmlar. 
Ishning mazmuni: 
Chayonlar о‘rgimchaksimonlar orasida yirik hayvon 
xisoblanadi. Tanasining uzunligi 10 smdan ortiqroq bо‘lishi mumkin. U Markaziy 
Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va chо‘llarida uchraydi. Tanasi boshkо‘krak, 
qorin qismlariga bо‘linadi. Boshkо‘krak yelka tomondan umumiy qalqon – 
karapaks bilan qoplangan. Uning yelka tomonida juft tepa kо‘zlari, yon tomonida 
esa bir necha juft nisbatan kichakroq kо‘zlari bо‘ladi. Boshkо‘krakning oldingi 
qismida bir juft xelitseralar joylashgan. Bular о‘zgangan oyoqlardir. Ular uch 
bо‘g‘imdan iborat. Birinchi bо‘g‘im qisqa bо‘lib, qolgan ikki bо‘g‘imi qisqich 
hosil qiladi. Uning ichki yuzasi xitindan iborat “tishcha”larga egadir. Xelitseralar 
yordamida chayon ovqatni maydalaydi. Keyin zahar bezlari ishlab chiqariladigan 
zahar suyuqligi ta’sirida chala suyuq holatiga aylantirilgan ovqatni sо‘rib 
oziqlanadi. Boshkо‘krak qismining ikkinchi juft о‘simtasi bu pedipalpalardir 
(paypaslagich oyoq). Ularning har biri oltita bо‘g‘imdan tashkil topgan, keyingi 
ikki bо‘g‘imi haqiqiy qisqichni hosil qiladi. 
Oldingi qorin qismining eng oxirgi segmentida hech qanday о‘simtalar 
bо‘lmaydi. Tananing eng oxirgi segmenti biroz bо‘rtib turadi. Unda zahar ishlab 
chiqaradigan bezlar bor. Ularning zahar chiqaradigan yо‘llari tananing eng uchida 
joylashgan nayza yoki nishtarining ichidan о‘tadi. Chayonlar zaharidan о‘zlarini 
himoya qilish va oziqlanish maqsadida hasharotlarni ushlab о‘ldirish uchun 
foydalanadi.
Falangalar ham chayonlar singari nisbatan yirik hayvon, lekin uning tanasi kо‘proq 
bо‘g‘imlardan tashkil topgan. Falangalarda faqat tananing oldingi tо‘rtta segmenti 
о‘zaro birikkan bо‘ladi va boshkо‘krakni hosil qiladi. Keyingi ikkita segmenti esa 
boshkо‘krak, qorin qismining о‘rtasida erkin joylashgan, qorin qismi 10 ta 
segmentdan iborat bо‘ladi. 
Boshkо‘krak qismining birinchi segmentida xelitseralar joylashgan bо‘lib, 
о‘lar о‘ljani ushlash va о‘ldirish uchun moslashgan. Boshkо‘krakning ikkinchi 
segmentidagi pedipalpalari tashqi kо‘rinishidan yurish oyoqlariga о‘xshab ketadi. 
Lekin ular о‘siq tukchalar bilan qoplangan, shunga kо‘ra sezgi organ vazifasini 
bajaradi. Pedipalpalarning uchi tirnoqcha bilan tugallanadi. Pedipalpalari 
yordamida falangalar mayda hasharotlarni ushlaydi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə