Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 

Ishning maqsadi: 
Baqachanoq (
Anodonta sygnea
tashqi, ichki tuzilishi va 
rivojlanishini о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
Baqachanoqning rivojlanishini aks 
ettiruvchi tablitsalar, qо‘l lupa, Petri idishi.

Ishning mazmuni: 
Ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalar vakillarida bosh qismi 
shakllanmagan. Oyog‘i pona shaklida bо‘lib, chig‘anoq orasidan chiqib turadi. 
Jabralari plastinka kо‘rinishida bо‘lib, mantiya bо‘shlig‘i bо‘ylab oyoqning ikki 
tomonida joylashgan. 
Ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalarning kо‘pchiligi dengiz- larda, kam 
qismigina chuchuk suvlarda yashaydi. Juda sekin harakat qiluvchi hayvon. Suv 
bilan mantiya bо‘shlig‘iga kirgan ozuqalar bilan ovqatlanadi. Tana qoplami turli 
xil bezlarga boy, oyokdagi bezidan chiqqan modda ohakni parchalaydi. Midiyning 
terisidan chiqqan modda - bissus suvda qotib mollyuskani substratga maxkam 
yopishtiradi. Ayrim ikki pallali chig‘anoqlilar iste’mol qilinadi, kо‘paytiriladi, 


konservalar tayyorlanadi.
 
Baqachanoq tinch oqadigan daryolar va sayoz kо‘llar tubidagi loy va qumga 
tanasining yarmigacha kо‘milib yashaydi. Baqachanoqning boshi bо‘lmaydi. 
Tanasi gavda va oyoq bо‘limlardan tashkil topgan. Chig‘anog‘i tuhumsimon, 
uzunligi 10-15 sm, oldingi tomoni tumtoq, keyingi tomoni esa suyri shaklda. 
Chig‘anoq pallalari orqa tomondan elastik paylar yordamida tutashgan. Qorin 
tomonining oldingi qismida chig‘anoqlar orasidagi tirqishdan muskulli bitta oyog‘i 
chiqib turadi. Baqachanoqning oyog‘i suv shillig‘inikidan farq qilib, yon tomondan 
yassilashgan ponaga о‘xshaydi. Molyuska xarakat qilganda oyog‘ini chig‘anoqdan 
chiqarib, loyga tiraydi va tanasini oyog‘i tomon tortib oladi. Ana shu usul bilan u 
juda sekin xarakatlanadi. Bir soatda atigi 20-30 sm yо‘l bosib о‘tishi mumkin. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə