Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Kо‘payishi va rivojlanishi

Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg‘ochisini 
bir-biridan farq qilib bо‘lmaydi. Tuxumlarimantiya bо‘shlig‘ida jabralarining 
ustida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan misroskopik kattalikdagi lichinkalar 
chiqarish sifoni orqali suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig‘anog‘idagi tishchalar 
yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terischiga yopishib olib, parazit 
holda hayot kechirishga о‘tadi. Bir necha oy davomida baliq terisida hosil bо‘lgan 
shishning ichida lichinkadan juda kichik molyuska rivojlanib chiqadi. Baqachanoq 
baliqlar yordamida ancha uzoq joylarga tarqaladi.
Ishning bajarish tartibi:
1. Daryo yoki kо‘llardan baqachanoqni toping. Uni toza 
qum solingan suvli bankaga soling. Chig‘anoq pallalarining asta-sekin ochilib-
yopilishini, uning orqa tomonidagi sifonlar atrofida suvning xarakatini kuzating. 
Molyuskani qumga oyog‘i yordamida kо‘milib olishiga e’tibor bering. Kuzatish 
tamom bо‘lgach, molyuskani suv havzasiga quyib yuboring yoki akvariumga solib 
qо‘yib, kuzatishni davom ettiring. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 
1. Baqachanoqning sistematik obzori. 
2. Yashash muhiti va tana uzunligi. 
3. Baqachanoqni oziqlanishini tushuntiring. 
4. Baqachanoqni nafas olishini о‘ziga xosligi. 
5. Kо‘payishi va rivojlanishini tushuntiring. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollar 
1. Baqachanoq tana bо‘limlari. 
A) bosh, oyoq B) tana, bо‘yin S) gavda, oyoq D) qorin, oyoq 
2. Chig‘anoq orasidagi tirqishdan chiquvchi qismi soni. 
A) 1ta B) 2 juft S) 1 juft D) 2ta 
3. Baqachanoq og‘iz teshigi qayerda joylashgan. 
A) kirish sifonida B) chig‘anoq chetida S) og‘iz oldi varonkasida D) oyog‘i 
asosida 


4. Oziq moddalar og‘zidan hazm qilish sistemasiga tushishining asosiy 
sababchisi.... 
A)halqumdagi tukchalar B) kirish sifoni S) 4ta paypaslagichlari D) 2ta 
о‘tkazuvchi nayi 
5. Mantiya bо‘shlig‘idagi oyog‘ining ikki yonida nima joylashgan. 
A) chiqarish sifoni B) mantiya teri S) jabralar D) elastik paylari 
6. Baqachanoqning suv shillig‘inikiga о‘xshash sistemalari. 
A) hazm qilish, ayirish B) qon aylanish, ayirish, nerv S) jinsiy, nerv, hazm qilish
D) qon aylanish, xarakatlanish 
7. Ayrim jinsli hayvonlarni belgilang. 
A) neriyeda, baqachanoq B) oq planariya, meduza S) yomg‘ir chuvalchangi
askarida
D) baqachanoq, askarida
8. Mantiya bshlig‘idagi tuxumlarning rivojlanuvchi joyini vazifasi. 
A) nafas olish B) xarakat S) qon aylanish D) ayirish 
9. Mikroskopik lichinkasi nima orqali suvga chiqadi. 
A) ayirish organi B) jabralaridan S) chiqarish sifoni D) mantiya bо‘shlig‘i 
10. Baqachanoqni uzoq joylarga tarqalish sababi. 
A) suvda yashaydi B) xulq-atvori S) xarakati D) parazitligi 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə