Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-mavzu. Konflikda “G’olib-G’olib” strategiyasi va uning amal qilish



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə21/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

2-mavzu. Konflikda “G’olib-G’olib” strategiyasi va uning amal qilish
tamoyillari
Konfliktlar yechimida aynan mana shunday yo‘1 ishlab chiqilgan, ya'ni ziddiyatli vaziyatdagilar ikki tomon ham o ‘zini g ‘olib. - deb anglashi mumkinligi konfliktlar yechimining o ‘ziga xos yutuqlaridan hisoblanadi. Konfliktli vaziyatlarda tomonlar qaram a-qarshiligi natijasida har ikki tomon yutib chiqishi, bir tomon yutib chiqishi yoki har ikki tomon ham yutqazishi mumkin. Demak, ziddiyatning qanday yechim topganiigiga qarab, tomonlar vaziyatlari turlicha bo'lishi mumkin.


Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda “G‘oliblik strategiyasi”
Nima uchun konfliktlar yechimini o‘rganish lozim? Chunki, bu bilimlar hayotiy zaruratdir. Agar tinch, osuda hayot kechirishni hohlasangiz, konfliktlar yechimini o‘rganish zarur. Bu bilim va malakalar sizning muvaffaqiyat va yutuqlaringiz, sizning ravnaqingiz garovidir. Konfliktlar yechimini topa bilish – bu ikki qarama-qarshi tomonlarning g‘olibligi asosidagi eng oson kelishuv yo‘lidir. Konfliktlar yechimi – eng ijobiy va yaxshi munosabatlarni shakllantira bilish, ular muntazamligini saqlash iste’dodidir.
Ammo g‘olib-g‘olib yo‘nalishida ishlash, uni ta’minlash hamda ikki tomonni g‘olib-g‘olib shart-sharoitlariga olib kelish oson ish emas. Bu bilim va malakalar insonda tarbiyalangan va yoshlikdan uning psixologik va emotsional, etik va estetik qadriyatlari tizimiga, tafakkuriga singdirilgan bo‘lishi kerak. Agar bu bilim, ko‘nikma va malakalar tarbiyalangan bo‘lsa, konfliktni sezgan zahoti, uning qanday rivojlanib kelayotganligini tahlil etish, uning rivojiga qarshi ma’lum choralar ko‘rish, uning “olovini” o‘chirish imkoniyatlarini ishga solish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik hollarda biz konfliktning kelib chiqishi mumkinligini sezsak ham, uning oldini olish choralarini ko‘rishda “bee’tiborlilik”, “erinchoqlik” qilamiz va odatdagi kundalik ishlar girdobida uning chuqurlashib ketganligini faqat kuzatib boramiz xolos.
Odamlarning idrok qilish qobiliyati turlichadir. Insonning idroki, ya’ni uning narsalarga qarab ularni anglashi ko‘p ob’ektiv va sub’ektiv faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Tajriba, ma’naviy qadriyatlar, his-tuyg‘ular, psixologiya, shaxs tafakkuri, ular ehtiyojlari ana shunday faktorlardandir. Mana shu idrok qilishdagi farqlar konfliktga olib kelishi mumkin. Ko‘pchiligimiz hayotimiz davomida o‘zimizni ba’zi an’anaviy va jamiyat tomonidan qabul qilingan talablar asosida chegaralashga harakat qilamiz. Konflikt yechimida ana shunday chegara «g‘olib-mag‘lub» strategik usuliga teng keladi. “G‘olib-Mag‘lub” holati bizning ongimizga o‘rnashib qolgan noto‘g‘ri tamoyildir. Ya’ni ziddiyatga kirayotganda biz “G‘olib-G‘olib” strategiyasi mavjudligini bilmasak, undan bexabar bo‘lsak, bizning ongimizda mavjud stereotoifa ishlay boshlaydi, bu stereotoifa esa – men albatta g‘olib chiqishim kerak, opponentimga keskin “qarshilik” ko‘rsatishim kerak, degan noto‘g‘ri tafakkurga asoslangan bo‘ladi. Buning mazmuni shundaki, konflikt yechimini qidirganda biz faqat shu chegara doirasida fikr yuritib, yangi usullarga yo‘l bermaymiz. Shu bois, konflikt yechimida «G‘olib-G‘olib» strategiyasiga yetishish uchun yangicha qarash, ijodiy yondoshish, har turli variantlarni ko‘rib chiqish talab qilinadi. Bu maqsadga yetishish uchun esa biz o‘z dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz lozim. Shu bois, biz “G‘olib-G‘olib” strategiyasi uchun kuyidagi tamoyillarni sizlarga tavsiya etamiz.

G‘olib-G‘olib” strategiyasiga amal qilish uchun nima harakatlar qilmoq kerak?



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə