Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə37/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Qarshi davlat

Ilmiy psixologiya – inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bо‘lish va mavjud bо‘lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi о‘rinda ular ishonarli, qay holda esa yolg‘on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bо‘layotgan ijtimoiy xodisalarni, obyektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar о‘rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham о‘zgartirishga aloqador kategoriY.
Inson – tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bо‘lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insonporvarlik – gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g‘amxо‘rlik qilish g‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash.
Insof – insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq meyorini nazorat qilish va axloqiy baxolash.
Ideal – orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.
Illyuziya – tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni notо‘g‘ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt – oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bо‘ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdaо‘zashtirish jarayoni.
Image – obraz
Konformizm (lat. conformis – о‘hshash, mos keladigan) – inson tomonidan о‘zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, notо‘g‘ri bо‘lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
Kundalik ong - kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bо‘lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig‘indisidir.
Kayfiyat – insonning psixik hayotida namoyon bо‘ladigan, о‘rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bо‘lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan xarakterlanadi.
Kichik guruh – umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bо‘lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bо‘lmagan kishilar tо‘plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bо‘lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog‘liq xususiyatlarga ega.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə