Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə36/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Qarshi davlat

Ijtimoiy norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning о‘z a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va kо‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlar talabi.
Ijtimoiy sanksiya – normalarning shaxs xulqida nomoyon bо‘lishni nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmi.
Iste’dod nishonalari – qobiliyatni о‘stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). Ular tug‘ma yoki egallangan bо‘lishi mumkin. Ularni rо‘yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bо‘lib qо‘shiladi. Bir xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod nishonalari rolini bajara oladi.
Individuallik - insonning individ, faoliyat subyekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bо‘lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g‘oyalarning oddiy formulalariga sig‘inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bо‘lgan barqaror о‘ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mо‘ljal ola bilishdir. Odatda subyektning faoliyat sohasiga bog‘liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og‘zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə