Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə43/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

1. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlar:
-davlat va jamiyat qurulish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o’rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi rahbarlar o’z fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo’nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Aytish mumkinki, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o’zi oldimizga qo’yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo’ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo’lib, u o’zining mohiyat e’tibori bilan O’zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir.
Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

  • barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;

  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;

  • innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag’lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;

  • boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

  • mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.

Strategiyaning asosiy yo’nalishlari.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə