Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə68/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

ICHKI AUDIT XIZMATI - aktivlarining balans qiymati bir milliard so’mdan ko’p bo’lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, tasis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda malumotlarning to’liq hamda to’g’ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-tamoyillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek, jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
IJTIMOIY SOHA OB’YEKTLARI – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog’liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
IMPERIYA – mustamlaka va qaram mamlakatlar xalqlari ustidan o’z hukmronligini kuch bilan o’rnatgan va bu hukmronlikni qattiq zulm va ekspluatatsiya tizimi yordamida ushlab turgan mustamlakachi davlat. Imperiya monarxiyaga asoslangan davlat bo’lib, uning tepasida imperator turadi.
IMPLEMENTATSIYA – хalqaro huquq normalarini ularni keyinchalik haqiqatda amalga oshirgan holda milliy qonunchilikka kiritish.
INDEKS – (Lotincha: index — koʻrsatkich, roʻyxat) — nom, ism yoki boshqa kombinatsiyalar koʻrsatkichi va roʻyxati hisoblanadi. Shuningdek, indeks, shartli ifodalar (harfli, raqamli) tizimi, bibliografik, nashriyot, kitob savdosi, pochta, oziq-ovqat mollari, dorilarning chiqarilgan vaqti va saqlash muddatini ifodalashi ham mumkin. Indeks matematikada ifodalarni bir-biridan farq qilishi uchun ularning yoniga yoziladigan belgilar — son yoki harflardir:
INSON HUQUQLARI – insonning davlatga munosabati bo’yicha huquqiy maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va da’volarini ifodalovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə