Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə66/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

ETNOGRAFIYA - xadlqlar maishiy turmush tarzi, urf-odat va an’analarini o’rganuvchi fan.
FERMER XO’JALIGI - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektdir.
FUQAROLIK JAMIYATI – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, demokratik huquqiy jamiyat.
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI – fuqarolik jamiyatini shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, bu bevosita jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlarining nechog’lik rivojlanganiga bog’liq bo’ladi. Fuqarolik jamiyati institutlari orqali fuqarolar davlat va jamiyat siyosiy hayotida bevosita ishtirok etadi. Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlari sirasiga nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, OAVlari, mahalla, oila kabilar kiradi.
G’ARB DEMOKRATIYASI - G’arb demokratiyasida individualizm ustun qoyiladi.
G’OZIY – Islom dini uchun g’ayridinlarga qarshi muqaddas urush – g’azavot ishtirokchisi. Shariatga ko’ra, bunday urushda oti va qurol-yarog’i bor har bir musulmon erkak qatnashishi shart bo’lgan. Kambag’allar, qullar, nogironlar va keksa kishilar bundan ozod etilgan.
GREKO– Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi xalqaro tashkiloti
HADIS – Islom dini ta’limoti bo’yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad Payg’ambarning hayoti va faoliyati, shuningdek uning diniy va ahloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi.
HADISI SAHIX – to’g’ri hadis
HAMKORLIK SIYOSATI – xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
HANAFIYA – so’fiylikdagi diniy huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa an-No’mon asos solgan. Iroqda vujudga kelib, islom dini tarqalgan barcha mamlakatlarda, shu jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng tarqalgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə