Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə63/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir.
DAVLAT TILI mamlakatda qonunchilikda, rasmiy ish yuritishda, sud jarayonida, o’quv faoliyatida qo’llaniladigan asosiy til (rasmiy til). O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir (4-modda). O’zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi maxsus qonun bilan ham belgilangan. Konstitutsiya va qonunda o’zbek tilining davlat tili deb belgilanishi boshqa har qanday tillarning muomalada bo’lishini rad etmaydi. Boshqa tillardan ham kundalik hayotda, turmushda keng foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ba’zi mamlakatlarda bir necha til davlat tili sifatida belgilanishi mumkin.
DAVLATNING BOSHQARUV SHAKLI – hokimiyatni tashkil qilish oliy organlarning vakolatlari, ular o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgi – davlat boshlig’ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo’l bilan kelishi hisoblanadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar boshqaruv shakliga qarab ikkiga: respublika va monarxiyaga bo’linadi. Respublika shaklidagi davlatlarda davlat boshlig’i saylanish yo’li bilan hokimiyat tepasiga keladi. Ular ma’lum muddatga saylanadi, ya’ni o’zgarib turadi va ko’p mamlakatlarda – Prezident deb nomlanadi. Davlatning monarxiya shaklida esa davlat boshlig’i nasldan-naslga o’tadi, ya’ni davlat boshlig’i – monarx hisoblanadi. Ular turli nomlar bilan ataladi, masalan Saudiya Arabistonida – podshoh, Yaponiyada – imperator, Angliyada – qirol. O’zbekistan Respublikasida davlatning boshqaruv shakli – respublika hisoblanadi va davlat boshlig’i Prezidentdir.
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə