Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə60/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

CHET EL INVESTITSIYALARI – chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromadga aytiladi.
DAVLAT APPARATI – (inglizcha mashinery of government so’zi) – davlat organlari tizimi bo’lib, ular faoliyati orqali davlat hokimiyati va uning funksiyalari amalga oshiriladi.
DAVLAT BELGILARI – bu davlatni mustaqil mamlakat sifatida e’tirof etishi uchun sabab bo’ladigan tushunchalardir. Mustaqil davlat bo’lish uchun har bir davlatning o’z hududi, Konstitutsiyasi, aholisi (halqi), davlat ramzlari, fuqaroligi, armiyasi, oliy hokimiyat organlari, pul birligi bo’lishi zarur.
DAVLAT BOSHLIG’I – (inglizcha “head of the state”) -oliy davlat lavozimi bo’lib, u ijro hokimiyati sohibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya, Ispaniya, Yaponiyada – davlat boshlig’i monarx (korol, imperator, emir) bo’lib, uning hokimiyati qoidaga ko’ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga qonunga binoan meros tariqasida o’tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Frantsiya, GFR, AQSh, Lotin Amerikasi davlatlari va b.) davlat bjshlig’i prezident bo’lib, u bevosita aholi tomonidan saylanadi (Meksika, Panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSh, Argentina), yohud ko’p bosqichli saylovlar (Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko’pchilik davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik respublikalarida davlat rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina, Afrikaning ayrim davlatlarida). Davlan boshqaruvi– davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo’lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta’minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə