Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


GLOSSARIY O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə57/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

GLOSSARIY


O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI – O’zbekiston tarixini davrlashtirish qoidasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan sanasi – 1991-yil 31-avgustdan hozirgacha va undan keyingi davri shunday nomlanadi.
MUSTAQILLIK – tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Chunki tenglik bo’lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik boshqalar qo’lida bo’ladi. Tenglik so’zining qudrati shundaki, u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-tartibga solib turadi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta’zim-tavozega chek qo’yadi,
ISTIQLOL – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birinш qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga, erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga asoslanib yashash.
TARIX – “Tarix” – arabcha so’zdan olingan bo’lib, “o’tmish”, “o’tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining uzoq o’tmishidan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan hayotiy yo’lini, avloddan-avlodga meros qoluvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotini, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini xolisona o’rganuvchi fandir.
AVESTO” («Apastak» so’zidan olingan asos, o’zak degan ma’noni anglatadi) – mil. av. VII-VI asrlarda Markaziy Osio hududida, Xorazm vohasida yaratilgan va “Avesto”, ya’ni “Hayot yo’riqnomasi” deb nomlangan kitob; zardo’shtiylik dinini shakllantirishga asos bo’lgan nazariy manbalarning umumiy nomi va bu dinning asosiy kitobi Markaziy Osio xalqlarining qadimgi davrlardagi moddiy va ma’naviy-axloqiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odat va qadriyatlari haqida ma’lumot beradi. Unda xalq tabobati, odobi, estetikasi, sog’lom turmush tarzi o’z ifodasini topgan va har bir inson ezgu fikr, odil so’z va halol mehnat bilan yashashi zarurligi ko’rsatilgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə