Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə59/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

BAQTRIYA DAVLATI – Amudaryoning yuqori oqimida, hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismi, Tojikiston va Surxondaryo viloyati hududlari kirgan. Baqtriya mil. avv. V-IV asrning boshlarida gullab-yashnagan davlatga aylanadi. Bu haqida yunon tarixchisi Ktesiy ma’lumot keltiradi.
BARKAMOL SHAXS - Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko’ra mamlakatimizda shakllantirilishi lozim bo’lgan jismoniy, aqliy jihatdan yetuk, ma’naviy pok shaxs.
BEVOSITA DEMOKRATIYA – demokratiyaning bir shakli bo’lib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita – ya’ni shaxsan ishtirok etishidir. Bevosita demokratiyaning ko’rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyihalari va boshqa tadbirlarning muhokamasi, referendum (umumxalq ovozi), fuqarolar yig’ini ishlarida hamda davlat organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi.
BIZNES – foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
BMT –Birlashgan Millatlar Tashkiloti – xalqaro tashkilotdir. U 1945 yilning 24 oktyabr kunida butun insoniyatni yangi jahon urushidan saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda BMTga a’zo bo`lgan mamlakatlarning soni 193 ta. BMTning ish faoliyati uning Ustavida belgilangan maqsadi va tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
BOSHQARUV MEXANIZMI – xo’jalik faoliyatini boshqarishdagi iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va boshqa shakllar, usullar hamda vositalar majmuyidan iborat tizim.
BOSHQARUV OBYEKTI – bu ishlab chiqarish, subyekti esa boshqaruv 
tarkibidir.
BOSHQARUV SHAKLI - bu huquqiy institut bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi.
BOZOR INFRASTRUKTURASI – bozor iqtisodiyoti uchun har xil xizmat ko’rsatuvchi sohalar.
BOZOR IQTISODIYOTI – erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan
iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib (tartiblanib) 
turuvchi iqtisodiyot.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə