Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə61/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI – davlat tomonidan boshqaruv sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Davlat o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida hamda vazifa va funksiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgan ma’muriy usullardir.
DAVLAT BUDJETI – aholining normal turmush tarzi, davlat organlari faoliyatini ta`minlash hamda davlat funksiyasini amalga oshirishga xizmat qiluvchi, ma`lum usulda shakllanadigan va sarflanadigan pul manbasi. Davlat budjeti hukumat tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
DAVLAT GERBIdavlat ramzlaridan biri, davlatning rasmiy emblemasi bo’lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi. Uning ko’rinishi maxsus qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Gerbining markazidagi Xumo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi, sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobitligi va barqarorligi timsoli, quyosh – yo’limizning hamisha nurafshon bo’lishi, boshoq- rizq- ro’zimiz, paxta- O’zbekiston boyligi, bug’doy va paxta chanog’idan tasma – xalqlarimiz do’stligi ramzidir. Gerb haqidagi qonun 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan.
DAVLAT HOKIMIYATI – xalq hokimiyatining maxsus tuzilma – davlat orqali amalga oshirilishi. Davlat o’zining organlari orqali siyosiy hokimiyatni amalga oshiradi. Hokimiyat davlat qo’lida to’plangandagina u malakali va samarali amalga oshirilishi mumkin. Davlat o’ziga tegishli hokimiyat yordamida majburlov va ta’sir choralarini qo’llaydi. Davlat hokimiyati qonuniydir, ya’ni davlatning, uning organlarining vakolatlari qonun bilan belgilab qo’yiladi.
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta’minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo’lib borishiga sharoit yaratish, shuningdek, fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, davlat hokimiyati organlari o’zlari qabul qiladigan qarorlar va ularning mazmuni bilan aholini, turli jamoat birlashmalarini xabardor qilib borishdan iboratdir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə