Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə64/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

DEMOKRATIK INSTITUTLAR – davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Demokratik kuchlar bloki–parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etish maqsadida o’z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o’z sa’y-harakatlarini birlashtirishi.
DEMOKRATIYA – (yun. demos – xalq, kratos - hokimiyat) – “xalq hokimiyati” ma’nosini anglatadi. Jamiyat taraqqiyotida davlatchilikning turli shakllari, binobarin, demokratiyaning ham turli tiplari yaratilgan. Demokratiya halqning davlat organlarini tuzish, ularning ishida ishtirok etishi, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash orqali namoyon bo’ladi. U davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi shaklida bo’ladi. Demokratiya hamma narsada hohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir.
DEPUTAT (lotincha deputatus – “vakil”) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma’lum qismi – o’z saylov organi saylovchilarning yoki butun millatning vakili.
DEPUTAT (parlament) ETIKASI (gr. Ethika, ethoc – odat, xulq) — deputatlar ichki parlament muloqoti axloqiy va ma’naviy normalari yig’indisi. Deputat etikasiga rioya qilish majburiyati har bir deputatning faqat ahloqiy emas, balki yuridik majburiyati ham bo’lib, ham ijtimoiy, ham ijtimoiy ta’sir vositalari bilan ta’minlanadi.
DEPUTAT MAQOMI —vakillik davlat hokimiyati organlari deputatlarining huquqiy holati bo’lib, u deputatlik mandatining siyosiy-huquqiy tabiati, uning yuzaga kelishi, to’xtatilishi, amalda bo’lish muddati, deputatlar vakolati, ular faoliyatining kafolatlanganligi, shuningdek, deputatlarning hisobdorligi, nazorat qilinishi va javobgarligi bilan bog’langan ijtimoiy munosabatlarni boshqaradigan huquqiy normalar majmui bilan aniqlanadi. Deputat maqomini mustahkamlovchi huquqiy normalar konstitutsiyalarda, maxsus qonunlar, palatalar reglamentlarida beriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə