Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə62/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

DAVLAT MADHIYASI – O’zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo’lib, Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom bilan qarash O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi, hamda davlat organlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlanadi. Ushbu qonun 1992 yil 10 -dekabrda qabul qilingan.
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n yillikda ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish yuritadigan nazorat instansiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob palatasi), ma’muriy yustitsiya organlarining soni va roli o’sdi.
DAVLAT ORGANI – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo’lib, u davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan qismini, yo’nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo’ladi.
DAVLAT ORGANLARI – davlatning vazifalarini amalga oshiruvchi tuzilmalardir. Davlat hokimiyati alohida turdagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
DAVLAT QO’MITALARI – (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini belgilab bergan.
DAVLAT RAMZLARI – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda) bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shakli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə