Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə58/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

AGRAR SIYOSAT – qishloq xo’jaligi, yer-suv ishlariga doir masala.
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH - aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta’sirini yumshatish.
AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH – davlat tomonidan aholiga hayot kechirish shart-sharoitlarini yaratish uchun maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimi.
AHOLINING REAL DAROMADLARI – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvati.
AKTSIYADORLIK JAMIYATI - ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi subekt
AMIR UL-UMARO amirlar amiri, oliy amir degan ma’noni anglatgan. Oltin O’rda, Chig’atoy ulusida butun harbiy ishlar uning tasarrufida bo’lgan. Bundan tashqari, Amir ul-umaroga hukumatning barcha bosh ijroiya idoralari ham bo’ysungan. Amir Temur va temuriylar davrida amir ul-umaro faqat oliy bosh qo’mondon, ayrim hollarda, hukmdorning xudoychisi bo’lgan.
ANALITIK GURUHLASHTIRISH – yig’ma-umumiy ma’lumotlardan alohi muhim belgilari va xususiyatlari bo’yicha guruhlarga ajratish. 
AQIDA (arab.ishonch) - shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, e’tiqod qilish lozim bo’lgan ilohiy talab.
ASOSIY VOSITALAR – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan mehnat vositalari (bino, inshoot, mashina, inventar va h.k.)
AXBOROT – voqelik to’g’risida tasavvur beruvchi ma’lumotlar, bilimlar majmuasi.
AXLOQIY MADANIYAT - jamiyat, sotsium, indivudlar tomonidan axloqiy kamolot meyorlariga erishish darajasi.
AYLANMA MABLAG’ – xo’jalik yurituvchi subyektlarning aylanma fondlari (ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari) va muomala fondlaridan (tayyor mahsulotlar, pul mablag’lari, hisob-kitobdagi mablag’lar ) tashkil topadi. 
BANDLIK – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadini beradigan faoliyati.
BANKLAR - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə