Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot faqulteti «menejment» kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/22
tarix19.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#118023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Божхона маъруза матни

Mavzu buyicha nazorat savollari:



  1. Bojxona organlari tizimi tarkibi?

  2. Davlat bojxona kumitasining funktsiyalari?

  3. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi?

  4. Bojxona organlarining boshliklar tarkibi va unvonlari?

  5. Davlat bojxona kumitasi organlarining asosiy vazifalari?

  6. Boshqaruv organining funktsiyasi?

  7. Boshqaruv organlarining vakolatlari?

  8. Bojxona kompleks iva postlari tarkibi?

  9. DBK raisining vazifalari?

  10. DBK faoliyatini nazorat qilish?



MA‘RUZA-4. UZBYeKISTON RYeSPUBLIKASIDA BOJXONA SIYoSATI VA UNI BYeLGILOVCHI ASOSIY OMILLAR.


Reja:


4.1.Bojxona siyosatining moxiyati va mazmuni.
4.2. Bojxona siyosatini tashkil etuvchi iqtisodiy asoslar.
4.3. Bojxona siyosatining asosiy vazifalari.
4.4. Bojxona siyosatiga asos buluvchi printseplar


Adabiyotlar: 1,2,3,4,7,9,11,15.


Tayanch iboralar
Bojxona siyosati, bojxona siyosati tamoyillari, iqtisodiy axvol, maqsadlar taxlili, tartibga solish vositalari, protektsionizm, teskari protektsionizm, qisman cheklashlar, fritredirlik, bojxona siyosatining printseplari.
4.1. Bojxona siyosatining moxiyati va mazmuni Bojxona siyosatining moxiyatini kurib chiqishdan oldin ushbu tushuncha mazmunini aniqlab olish zarur.
Bojxona siyosati - bozor munosabatlari shakllanishi sharoitlarida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlarni dinamik amalga oshirish maqsadida mamlakat ichida va tashqi iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish va ximoya qilishga qaratilgan bojxona siyosati soxasida qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish tusidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Bu O’zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining eng umumiy ta‘rifidir. Ushbu ta‘rifni aniqlashtirish uchun davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi sifatida bojxona siyosatini kurib chiqamiz.
Bojxona siyosati bilan davlatning ichki va tashqi siyosati uzaro bog’liqligi yakkol kurinib turadi.
Birinchidan, bojxona siyosati davlat ichki iqtisodiy siyosatining tarkibiy unsuri xisoblanadi. O’tish davri sharoitlarida u yangi iqtisodiy uklad shakllanishining muxim omili, iqtisodiy xayotning bozor munosabatlariga monand ilgor shakllarini barpo qilishning vositasi xisoblanadi va kattik markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotning nodinamik, kotib qolgan shakllaridan keskin fark килади. U boj tariflari yordamida va tariflarsiz boshqarish vositalaridan foydalanib, ichki iqtisodiy siyosatning quyidagi bir qancha asosiy vazifalarini xal etishga da‘vat qilingan.



  • milliy iqtisodiyotning xar tomonlama rivojlantirish;

  • ichki bozorni ximoya qilish;

  • tarkibiy kayta uzlashtirishlar amalga oshirilishiga kumaklashish;

  • byudjetning daromad qismini tuldirish.

Bojxona vositalari - xuquqiy, boj tariflari, tashkiliy, bojxona nazorat va boshqa vositalarning axamiyatini pasaytirib kursatish va ularga bulgan e‘tiborni susaytirish O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi va siyosiy-iqtisodiy xamda ijtimoiy isloxotlar yulidagi xarakatga tuskinlik qilishi mumkin.


Ikkinchidan, bojxona siyosati ichki siyosatning tarkibiy qismi sifatida uz xususiyatiga kura davlat manfaatlarini, korxonalar, xujalik birlashmalari, tadbirkorlar, fukarolarning xuquqlarini ximoya kiouvchi xuquqni muxofaza qilish organi xisoblanadi. U ichki bozorga tashqaridan buzgunchi unsurlar va yemiruvchi ta‘sirlar kirib kelishidan ximoya qilishga da‘vat etilgandir.
Bojxona siyosatining xuquqni muxofaza kiluvchi funktsiyasi bojxona nazorati vositalaridan samarali foydalanishga asoslanadi. Bunday vositalarga quyidagilar kiradi:



  • bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan bojxona maqsadlari uchun zarur bulgan xujjatlar va ma‘lumotlarning tekshirilishi;

  • tovarni va transport vositalarini kuzdan kechirish, shaxsiy buyumlarni kuzdan kechirish, xisob va xisobot tizimini tekshirish, vaqtincha yuk saklanadigan omborlar va joylar xududini, bojxona omborlarini kuzdan kechirish va boshqalar;

  • bojxona nazoratining tanlab tekshirish printsipini qullash, gayriqonuniy zarar yetkazilishiga yul kuymaslik.

  1. Uchinchidan, bojxona siyosati O’zbekiston tashqi siyosatining ajralmas qismi sifatida davlatimizning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ta‘minlash va amalga oshirish maqsadalariga xizmat kiladi, uning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biridir.

  2. Puxta uylangan va muvozanatli bojxona siyosati milliy iqtisodiyotni jaxon bozorlari kon‘yukturasining keskin uzgarishlaridan ximoya qilishga, uning jaxon xujaligiga kushilishiga faol kumaklashishga da‘vat etilgandir. O’zbekistonning bojxona ishi soxasida xamkorlikda qatnashishi ushbu yunalishdagi juda muxim kadam xisoblanadi.

  3. O’zbekiston Respublikasining bojxona siyosati jaxondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar nisbatan tez uzgarayotganligini xisobga olib, dinamik, xarakatchan, moslashuvchan bo’lishga, ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi jaxon xujaligiga kushilayotgan bir sharoitda gap iqtisodiy suverenitet, vatan iqtisodiyotini ragbatlantirish, mamlakatning tub manfaatlariga rioya qilish tugrisida borar ekan, yetarlicha barqaror bo’lishga da‘vat etilgandir. Bunga bojxona siyosati uz rivojlanishining ilmiy asoslangan kontseptsiyasiga tayangandagina erishish mumkin.

  4. Bojxona siyosati tamoyili uch unsurga asoslanadi.

Iqtisodiyotdagi axvolni taxlil qilish. Okilona bojxona siyosati ana shundan boshlanadi. Taxlil makrodarajada - mamlakat iqtisodiyotining axvoli, uning byudjeti, tulov balansi va boshqa makroiqtisodiy kursatkichlarni urganish, aniq bozorlar darajasida esa, talab va taklif nisbatini, milliy va xorijiy taklifni, tovarlarning sifat tavsifini, rakobatni va xokazolarni urganish asosida amalga oshiriladi. Taxlil davomida xal etilmagan muammolar aniqlanadi, ularni xal etish, salbiy xodisalarni bartaraf etish yoki bartaraf etmaslikning mukobil okibatlari baxolanadi.
Maqsadlarni taxlil qilish. U barcha imkoniyatlarni aniqlashdan, ya‘ni maqsadlarni kataloglashtirishdan boshlanadi, sungra xar bir maqsadning xususiyati aniqlanadi: ushbu maqsadlar dastlabki bavosita yoki pirovard, miqdorli yoki sifatli, kiska muddatli yoki urtacha muddatli maqsadlar bo’ladi. Ayrim maqsadlarga bir vaqtning uzida turlicha tavsiflar berilishi mumkin. Bunday xolda zamonaviy vaziyatdan kelib chiqkan xolda ularning asosiylarini kursatish zarur. Maqsadlar shuningdek ularning xalq xujaligida ijroga ta‘sir kursatish qulamlari va xarajatlarning miqdor parametrlari instituttsional, moliyaviy va kadrlar ta‘minoti, imkoniyatlari buyicha xam farklanadi. Sungra maqsadlar urtasidagi uzaro munosabatlar aniqlanadi: ular uygun, betaraf yoki nizoli bo’lishi mumkin.
Taxlil yaxlit tizimni barpo etish - maqsadlar ierarxiyasi tizimini barpo etish, ularni darajari buyicha vaqtincha taksimlash va tizim ichida maqsadlarning xarakat qilish istikbollarini shakllantirish bilan yakunlanadi.
Bojxona orqali tartibga solish vositalari qullanishini taxlil qilish. Bojxona siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqishda ayrim tartibga soluvchi vositalar qullanilishi shartlarini, ayrim vositalarning birgalikda qullanilishi darajasini, ularning maqsadga muvofiqligini, ularni qullashda kuriladigan kushimcha samaralarni, tartibga solish vositalari samaradorligini va ularni qullash zarurligining yetarlicha asoslanganligini aniqlash muximdir.
Bojxona orqali tartibga solishda bir-birini tuldiruvchi, biroq turlicha asosga ega bulgan vositalar guruxidan - ma‘muriy va iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Ma‘muriy vositalar xukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga asoslanadi; ular moliyaviy ragbatlantirish chora-tadbirlari, moddiy manfaatdorlik yoki tartibga soluvchi organlarning jazo jarimalari bilan bog’liq bulmaydi, ya‘ni ular tovarlar va sarmoya aylanishining iqtisodiy shart-sharoitlarini emas, balki ular xarakatining tashqi imkoniyatini belgilaydi. Tartibga solishning klassik ma‘muriy vositalari uch turga bulinadi: takik, ruxsat berish va majburlash. Masalan, davlat organlari u yoki bu tovar (qirol-yarog, alkogol, dori-darmonlar) importni takiklashi, tashqi iqtisodiy faoliyatning qatnashchilarini bojxona nazoratidan o’tishga majbur qilishi mumkin va boshqalar. Takik, ruxsat berish va majbur qilish litsenziya berilishi yoki uni berish rad etilishi, qonunlar va qonunlar asosida xujjatlar qabul qilinishi orqali amalga oshiriladi.
Tartibga solishning tarifsiz usullari uz asosiga kura ma‘muriy usullar xisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
tashqi iqtisodiy bitishuvlarni litsenziyalash va kvotalash;
tovarlarning bojxona tozalashidan o’tishi bilan bog’liq bulgan cheklashlar;
tovarni sertifikatlash;
import uchun tulovlar rejimida mustaxkamlangan cheklashlar;
milliy tarkibiy, texnik va sanitariya talablari okibati xisoblangan cheklashlar;
davlatning import operatsiyalarida qatnashishi bilan bog’liq cheklashlar va boshqalar.
Bojxona orqali tartibga solishning iqtisodiy vositalariga eng avvalo boj tarifi xamda eksport va import tovarlariga solik solish tegishlidir. Ular bozor munosabatlari shakllanishi sharoitlarida markaziy urinda turadi.
O’zbekiston qonun xujjatlari bilan nazarda tutilgan yangi bojxona tarifi xalqaro yuridik normalarga tulik javob beradi va xalqaro Konventsiya tomonidan joriy etilgan Tovarlarni ta‘riflash va kodlashtirishning uygunlashtirilgan tizimiga asoslanadi. Ushbu xujjatning qullanishi O’zbekistonning xalqaro savdo tizimida tula xuquq bilan qatnashishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Bojxona orqali tartibga solishning ma‘muriy va iqtisodiy vositalari bojxona ittifoqlari va bojxona konventsiyalarida qatnashish, erkin savdo zonalari tashkil etish, bojxona nazoratining davlat organlari tarmogini barpo etish, bojxona faoliyatining zarur qonunchilik normalarini qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqilishi bojxona orqali tartibga solishning real amaliyotidan oldinda borishi kerak, ya‘ni u aniq maqsadlar kuyilishi va ular amalga oshirilishigacha xalq xujaligidagi axvol uzgartirilishining anglagan zaruriyati sifatida shakllantirilishi kerak. Agar kontseptsiya davlat boshqaruv apparatining iqtisodiy-siyosiy eksperimentlari jarayonida shakllansa, kontseptsiya amaliy bojxona siyosatidan orkada kolishi xam mumkin.

4.2. Bojxona siyosatini tashkil etuvchi iqtisodiy asoslar Kuplab mamlakatlarning tadbirkorlari uz milliy bozorlariga xorijiy rakobatchilarni kiritmaslik uchun kuch-gayratlarini ayashmaydi. Ularning kuzlagan manfaati tushunarli - xorijiy rakobat bushashishga imkon bermaydi, ishlab chiqarishni doimiy ravishda yangilashga, chiqimlarni pasaytirishga, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirishga majbur kiladi.


Iste‘molchilarni esa kuprok yaxshi arzon mollarga ega bo’lish kiziktiradi; tovarning kelib chiqishi va uni kim ishlab chiqarishi ular uchun u kadar muxim emas.
Ushbu vaziyat - jaxonning kuplab mamlakatlarida iqtisodiy va siyosiy ixtiloflarning doimiy manbai xisoblanadi. Xukumat uz iqtisodiy siyosatini shunday ishlab chiqishi kerakki, mamlakat bozorlarida import tovarlari paydo bo’lishidan ushbu mamlakat yutib chiqishi kerak.
Davlat tovarlar olib kirilishi (olib chiqilishi)ni cheklash yoki, aksincha ragbatlantirishiga bog’liq ravishda iqtisodiy va bojxona siyosatining turtta asosiy turi farklanadi.
Qisman cheklashlar siyosati ichki bozorga tovarlarning muayyan turlari, masalan, mamlakat mavkurasi va axolining turmush tarziga zid bulgan kino, video maxsulotlari, bosma nashrlar kirib kelishiga yul kuymaslik maqsadida utkaziladi.
Protektsionizm siyosati (lotincha protectio - ximoya ostiga olish, raxnamolik qilish) - ichki bozorni xorijiy rakobatdan ximoya qilish. Odatda, u eksport ishlab chiqarishni u yoki bu darajada importning urnini bosishni ragbatlantirish bilan birga kushib olib boriladi. Basharti, milliy ishlab chiqarish rakobatga bardoshli bulmasa, tadbirkorlik tuzilmalarining kistovi bilan davlat tomonidan qabul qilinadi. Protektsionizm - vatan tadbirkorlariga aloxida imtiyozli sharoitlar yaratib berishdir, bu esa milliy iqtisodiyotga turlicha okibatlar olib kelishi mumkin.
Bir tomondan, importning cheklanishi iste‘molchilarga va umuman mamlakatga zarar yetkazadi, chunki xalqaro mexnat taksimoti afzalliklaridan foydalanilmaydi. Yuqori bojlar solinishi orqali milliy ishlab chiqaruvchilarga vujudga keltiriladigan imtiyozli shartlar texnologik jixatdan eskirgan ishlab chiqarish konsevatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin (monopoliya samarasi).
Ikkinchi tomondan, xorijiy rakobatchilarga karshi protektsionistik choralar kurinishidamaxalliy tadbirkorlarni ximoya qilish milliy kompaniyalar va firmalar shakllanishi paytida juda zarurdir. Bu xujalik yuritishning yangi shakllariga uzini saklab kolish, kuch tuplash imkonini beradi.
Misol uchun, yapon avtomobilsozligining shiddatli muvaffakiyati kup jixatdan xukumat xozir mashxur bulgan «Mazda», «Nissan», «Toyota» firmalari qaror topishi sharoitida utkazgan protektsionizm siyosati bilan izoxlanadi. 1932 yilda xukumat xali uncha uzini tutib olmagan avtokompaniyalarni avtomobil industriyasining amerikalik gigantlaridan ximoya qilish uchun xorijiy mashinalar va extiyot qismlar importiga doir bojlarni keskin oshirdi.
Bu mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlari bilan uning fukarolari ayrim guruxlari manfaatlari urtasidagi ziddiyatga klassik misol bula oladi. Agar xalqaro savdodan va xalqaro mexnat taksimotida qatnashishdan butun mamlakat deyarli xamma vaqt yutib chiqsa, uning fukarolarining ayrim guruxlari bundan zarar kurishi mumkin va ular «milliy iqtisodiyot»ni ximoya qilishni talab kiladilar.
Mazkur muammo, agar arzon va sifatli xorijiy maxsulotga eshik ochib kuyiladigan bulsa, kuplab tarmoklar ichki bozorda import tovarlar bilan rakobatlashda olmaydigan MDXda juda keskin bulib turibdi. Bunda kuplab korxonalar sinadi va yopiladi, ularda ishlaganlar esa yashash uchun boshqa imkon kidirishadi. Masalan, 1992 yildayok Estoniyadan import qilingan gusht Rossiyaning maxalliy fermalari maxsulotidan arzon bulgan vaziyat vujudga keldi (ayniksa Estoniyaga qushni bulgan Pskov viloyatdagilar uchun). Rossiya shaxarlari axolisi uchun import gushtni iste‘mol qilish foydali bulgan bulur edi, biroq u xolda Rossiya chorvachiligi uz tovari sotiladigan bozordan maxrum bulardi va, uz xarajatlarini tezlikda pasaytirish imkoniga ega bulmaganligi sababli (inflyatsiya sur‘ati yuqoriligi bois) xonavayron bulardi. Shunga uxshash vaziyat yengil va ozik-ovkat sanoati, maishiy elektrotexnika va boshqa tarmoklar uchun xam realdir. MDX bozori davlat tomonidan tartibga solish, eng avvalo bojlar (tariflar) bilan tartibga solish chora-tadbirlari yordamida import tovarlari keng kirib kelishidan uzoq vaqt kuriklanishi extimoli mavjud.
Protektsionizm siyosati rivojalanayotgan mamlakatlarda ayniksa keng qullaniladi. Undan tarkibiy uzgartirishlarni amalga oshirishda, importning urnini bosish maqsadida milliy sanoatni qullab-kuvvatlashda foydalaniladi.
Erkin savdo siyosati («fritrederlik») - tashqi savdoda cheklashlarni eng oz darajada kamaytirish. Odatda, u bozorda yetakchi mavkega ega bulgan, uz tovarlarining rakobatga bardoshliligidan xavotirda bulmagan mamlakatlar tomonidan utkaziladi.
Bojxona siyosati kup darajada olib kirilayotgan maxsulot ichki ishlab chiqarish bilan rakobatlasha olmaydigan yoki muxim tarmoklar uchun xom ashyo xisoblangan mamlakatlarda xam erkin savdoga yunaltirilgan bo’ladi. Agar import ichki ishlab chiqarish bilan rakobatga kirishmasa, mamlakatning siyosiy kuchlari u xaridorga imkoni boricha arzonrok yetib borishi xaqidagi fikrga kelishadi. Xech bir narsani ximoya qilishning xojati bulmaganda protektsionizm uzini oklamaydi. Shunga uxshash xorijiy ishlab chiqarish bilan rakobatlashayotgan tarmoklarga nisbatan tarmok uchun muxim xom ashyo xisoblangan tovar, garchi bundan istisnolar bulsa xam, odatda bojdan ozod qilinadi (yoki u juda oz bo’ladi).
4. Takchil bozorni tuldirish siyosati - «teskari protektsionizm». Xammaga joy topiladigan milliy bozor nixoyatda takchil bulgan takdirdagina samarali bo’ladi.
Ushbu strategiya unsurlaridan 80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida O’zbekistonda xorijiy tovarlarni jalb qilish maqsadida foydalanildi. Ishlab chiqaruvchilar urtasidagi eski, rejali aloqalarning barxam topishi, yangi mustaqil davlatlarni tushkunlikka solib kuygan ishlab chiqarishning pasayishi deyarli barcha tovar bozorlarida takchillikni keltirib chiqaradi. Import bojlarning bekor qilinishi, imtiyozli kredit berish va boshqa choralar 1995 yil urtalariga kelib takchillik muammosi kun tartibidan olib tashlanishiga kumaklashdi.
Biron-bir siyosatni joriy etish shartlari, ular barcha tovarlar va bozorlar buyicha utkazilsa, kattik bo’lishi mumkin. Agar bu ayrim tovarlar va bozorlar buyicha utkazilsa, shart-sharoitlar yumshok bo’lishi mumkin.
Yumshoklik kupchilik davlatlarga uz faoliyatida bir qancha tashqi iqtisodiy strategiyalarni birga kushib olib borish imkonini beradi. Masalan, Umumiy bozor mamlakatlari bir-birlari bilan kishlok xujaligi maxsulotlari savdosida protektsionizmni ma‘qul kurishadi, aynii vaqtda boshqa kupchilik davlatlarga nisbatan erkin savdo strategiyasi tanlangan. AKSH kuplab tovarlar buyicha Yaponiyaga nisbatan erkin savdo printsiplarini qullaydi, biroq ushbu mamlakatlar urtasida avtomobilsozlikda uzaro protektsionizm mavjuddir, ukupincha «savdo urushlariga»ga olib keladi.
«Savdo urushi» - xalqaro savdo yullaridagi eng oxirgi cheklovdir. U uzida ikki mamlakat xukumatlari tomonidan ularning ichki bozorlariga bir-birlarining tovarlari kirib kelishini uzaro cheklash choralari qabul qilinishini ifodalaydi.
Masalan, 1992 yil sentyabr oyida AKSH va Xitoy mana shunday urush yokasiga kelib koldi. XXPning AKSHdan import qilinadigan tovarlar yuliga tagridan-tugri takiklar, kvotalar, litsenziyalar, sifat standartlariga rioya qilishga nisbatan oshirilgan talablar kurinishida belgilanadigan tusiklarni olib tashlashni rad etishi bunga sabab bo’ldi. Agar Xitoyliklar AKSH bilan savdoda sezilarli ustunlikka erishmagan bulganlarida Xitoy ma‘murlarining bunday xatti-xarakatiga munosabat bunchalik keskin bulmasligi mumkin edi: 1991 yilda Xitoy tomoni AKSHga uzlari sotib olganga nisbatan 12,7 mlrd. Dollarlik kup tovar sotgan. Aynan mana shu xolat AKSH xukumatining rasmiy vakillaridan birini quyidagicha bayonot berishga majbur kildi: «Xitoy xalqaro savdo tizimida tezlik bilan eng muxim mamlakatga aylanmokda. Biz bunday savdo darajasiga ega bulgan mamlakatga uz qoidalari bilan uynash imkonini bera olmaymiz. Agar ular eksportdan foyda olishmokchi bulsa, importga xam ruxsat berishlari kerak».
Ushbu nuktai nazarga muvofiq, AKSH Xitoyga ushbu mamlakatdan import qilinadigan tovarlarning keng doirasiga (yiliga salkam 4 milliard dollarlik) shunchalik yuqori bojlar belgilash niyatini e‘lon kildi. Bunga kura, Xitoy tovarlarining narxlari Amerika bozorida ikki baravar oshishi kerak edi. Bunga javoban xitoylik ma‘murlar bunday xolatda ular xam Amerika tovarlariga, shu jumladan kompyuterlar, samolyotlar, avtomashinalar va xokazolarga ana usha miqdorda, ya‘ni 4 mlrd. Dollarlik jazo tarikasidagi boj tariflari joriy etishlari xaqida bayonot berishdi.
«Savdo urushlari»ning uzoq yillik tajribasi eng rivojlangan mamlakatlarni bunda xar ikkala tomon maglubiyatga uchrayajagi, yaxshisi «jangovor xarakatlar» boshlanib ketishiga yul kuymaslik xaqidagi fikrga olib keldi. Bu xalqaro savdoda eksportni ixtiyoriy cheklashni tugdirdi.
AKSH va Yaponiya arzon yapon avtomobillari eksporti tufayli doimiy ravishda «savdo urushi» yokasida turadi. AKSH iqtisodiyotida avtomobil sanoati an‘anaviy ravishda aloxida urin to’tishini xisobga olganda buning atrofida xissiyotlar qanchalik kaynashini tasavvur qilish kiyin emas. Yapon avtomobilsozlari uz mashinalarining AKSHga sotilishi tulik takiklanishi xavfining oldini olish uchun uz maxsulotining Amerikaga eksport qilinishiga cheklash joriy qilishga rozi bo’lishdi. Yaponiya xukumati esa Amerika tovarlari importiga cheklashni susaytirdi.

4.3.Bojxona siyosatining asosiy vazifalari. O’zbekiston Respublikasining uz mustaqil bojxona siyosatini amalga oshirishi Bojxona kodeksining 1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan.


Xar qanday faoliyat unga aniq va tugri rioya qilish istalgan natijalar berishi mumkin bulgan printsiplarga, ya‘ni ushbu faoliyat oldiga oldindan kuyilgan maqsadlarga asoslanadi. Maqsadlarning uzi esa, uz navbatida, vazifalarda aniqlashtiriladi. Bu vazifalar bojxona siyosatining turli-tuman vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Bular quyidagi tarzda kiskacha tavsiflanishi mumkin: bojxona siyosati muayyan maqsadlar, printsiplar va vazifalarning uz ichiga oluvchi kontseptsiyaga asoslanadi.
Endi bojxona siyosatining printsiplari va vazifalariga batafsil tuxtalamiz.
Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi:



  • milliy iqtisodiyotning tarkibiy kayta kurilishiga kumaklashish;

  • mamlakat xalq xujaligining jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi;

  • bozorning mavjud bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • mamlakatning savdo va tulov balansini mustaxkamlash;

  • davlat byudjeti daromadlarining usishi;

  • davlatning savdo-siyosiy negizlari mustaxkamlanishi;

  • xorijiy davlatlar va ular ittifoqligining kamsituvchi xatti-xarakatlariga karshilik kursatish;

  • korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarning tashqi bozorga chiqishini ta‘minlash.

Ushbu vazifalarning ayrimlarini, eng avvalo, bojxona siyosatining iqtisodiyotni tarkibiy kayta kurishni ragbatlantirishga yunaltirilganligini kurib chiqamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tarkibiy kayta kurish rakobat ta‘siri ostida yuz berayotgan sarmoya va ishchi kuchining tarmoklararo okimi asosida amalga oshiriladi. Kurgazmali bo’lishi uchun bir muncha sxematik bulgan, biroq bozor ragbatlari ta‘siri ostida namoyon buluvchi tarkibiy kayta kurish jarayonini aniq aks ettiruvchi misolni kurib chiqamiz.
Aytaylik, kaysidir milliy iqtisodiyotda ikki tarmok: foyda normasi 8 foizni tashkil etuvchi A tarmogi B tarmogiga qaraganda kam rentabelli, chunki unda ishlab chiqarish chiqimlari yuqori. Mamlakatning ichki bozoriga uz tovarlari bilan kirib keluvchi xorijiy rakobatchilarda esa ishlab chiqarish chiqimlari A tarmokka nisbatan past va tegishlicha foyda normasi, deylik, 16 foizdir. Xorijiy rakobatga dosh berolmagan A tarmogi protektsionistik chora-tadbirlar belgilanishi maqsadida davlatga ta‘sir kursatishi tushunarli.
Ushbu vaziyatga davlat ta‘sirining ikkita mumkin bulgan variantini kurib chiqamiz.
I variant - bojxona ximoyasi mavjud emas; savdoning mutlak erkinligi rejimi amal kiladi. Istalgan investitsiya yechimi foyda normasining eng yuqori bo’lishidan kelib chiqadi. B tarmogi kapital kuyilmalari uchun jozibalirok bo’ladi. A tarmogida reinvestitsiya faoliyati sekinlashadi, ayni vaqtda B tarmogi uziga sarmoyani jalb kila boshlaydi.
Sarmoyaning okishidan keyin ish kuchining A tarmokdan B tarmokka kuchishi yuz beradi. Erkin savdo sharoitlarida ishlab chiqarish resurslaridan samaralirok foydalaniladi. Mana shu narsa bozor sharoitlarida milliy iqtisodiyotni tarkibiy kayta kurish xisoblanadi.
A tarmogi kayta kurila olmas ekan, unda bitta yul koladi: davlatdan importga bojxona cheklovlari joriy etilishini surash. Bu II variant - bojxona ximoyasi rejimi bo’ladi. Bunday rejim sharoitida savdo erkinligi birmuncha cheklanadi. Bojxona tulovlari, kvotalar va bojxona siyosatining boshqa vositalari yordamida import tovar narxi sun‘iy ravishda oshiriladi. Bu esa A tarmogiga, uz navbatida maxsulotga narxlarni oshirish imkonini beradi. Natijada uning rentabelligi, aytaylik, 8 punktga oshadi, bu esa summada 16 foizni tashkil etadi. Bir xil rentabellik samoya va ish kuchining tarmoklararo kuchishi tuxtatilishini anglatadi. Shakllangan iqtisodiy tuzilmaning uziga xos konservatsiyasi yuz beradi. Birmuncha ilgor B tarmogining rivojlanishiga kenglik berish urniga davlat kolok A tarmogini sun‘iy ravishda qullab-kuvvatlaydi.
Bojning ishlab chiqarish tuzilmasiga ta‘sirining keltirilgan nazariy modeli bozor munosabatlari sharoitlarida tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish foydasiga yana bir dalildir. Biroq, amaliyotda xammasi bunday oppa-oson emas: erkin savdoning uzaro foydaliligiga qaramay, xalqaro ayirboshlashni erkinlashtirilgandan kurilgan ijobiy samara xamkorlar urtasida vaqt jixatidan noteng taksimlanadi: dastlab bunday samarani kuchli tomon, sungra kuchsiz tomon oladi. Ushbu vaqtinchalik lag quyidagi xolatlar natijasi xisoblanadi. Kuchli iqtisodiyotda tuzilma, odatda, kup darajada xalqaro mexnat taksimoti talablariga muvofiq keladi, kuchsiz iqtisodiyotda, tabiiyki - kam darajada muvofiq keladi. Mana shuning uchun xam kuchli iqtisodiyot ichki bozor ximoyasi susaytirilishidan darxol foyda oladi. Kuchsiz iqtisodiyot esa kayta kurishning muayyan davrini bosib o’tishi kerak, sarmoya va ishchi kuchining tarmoklararo kuchishi faollashini, tarmok, shuningdek investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnlogik tuzilmalari makbullashishini ko’tishi lozim, bu narsa suzsiz ijtimoiy muammolar keskinlashishi bilan birgalikda yuz beradi.
O’tish iqtisodiyotida, odatda, milliy ishlab chiqaruvchilarning xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan teng xuquqli rakobati uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bulmaydi. Erkin bozor kuchlarining xarakati maxsulot importi bilan rakobatlashuvi milliy ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo’lishiga olib keladi xamda ish bilan ta‘minlashni pasaytiradi, maxsulotni pirovard kayta ishlovchi tarmoklarni yemiradi va bu bilan iqtisodiyotning xom ashyoviy yunaltirilganligini konservatsiyalaydi. Bu xolisanillo aytganda, tarkibiy kayta kurish jarayonlarini bojxona siyosati vositalari bilan davlat tomonidan tartibga solishni takozo etadi.
Protektsionistik chora-tadbirlar milliy sanoatning mustaxkamlanishiga kumaklashadi. Amaliyot o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda protektsionistik chora-tadbirlarning vaqtincha joriy etilishi uzini oklashini kursatadi, chunki ular tugilib kelayotgan uz industriyasi tajriba tuplayotgan va ishlab chiqarish chiqimlari tarifga tayanmasdan import maxsulot rakobatiga karshi turish imkonini beruvchi darajagacha pasaygan paytda ushbu vaqt mlbaynida zamonaviy sanoat maxsulotlari importini jilovlab turadi.
Industrlashtirish uzida kushimcha iqtisodiy va ijtimoiy farovonlik olib kelishi mumkin: ya‘ni kup darajada iqtisodiy usishga va milliy gururga yunaltirilgan yangicha tafakkur tarzi, aloxida fermalar doirasidan tashqariga chiquvchi texnik bilimlar va kasb-kor maxoratining umumiy usishi.
Jaxonning yangi rivojlangan kupchilik mamlakatlari industrlashtirishni protektsionizmdan boshlashdi va erkin savdoga asta-sekin o’tishdi. Ushbu yulda ular aralash savdo rejimlariga ega bo’lishdi, ya‘ni eksport kiluvchilarni eksport kiluvchilarni eksport subsidiyalari orqali ragbatlantirish, maqsadli kreditlar, shuningdek ishlab chiqarish asbob-uskunalari va yarimtayyor maxsulotlar importiningsoliklardan ozod qilinishi. Ayni bir vaqtda ular tayyor sanoat tovarlari importiga 30-70 foiz tariflar belgilashdi.
Ushbu mamlakatlar xukumatlari, shuningdek rivojlanishni jadallashtirishga maqsadli va subsidiyali kreditlarni tanlangan tarmoklarga berish, foydaning usishi va ishlab chiqaruvchi sarmoya samarasi maqsadlarida depozitlar va kreditlar buyicha nisbatan past foiz stavkalari belgilash, importning urnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni ximoya qilish, amaliy tadkikotlarga davlat investitsiyalari, eksportga yunaltirilgan tarmoklar va korxonalarni moliyaviy qullab-kuvvatlash va ularga aloxida ustunlik berish, tashqi bozorlarni urganish buyicha tashkilotlarni rivojlantirish va eksport tovarlarni oldinga siljitish orqali muntazam ravishda aralashib turishdi. Tanlangan tovarlar buyicha eksport bozorlarini egallash strategiyasi sarmoyaning va kunikmalarning yuqori sur‘atlarda jamlanishi, resurslardan samarali foydalanish xamda mexnat unumdorligining usishi bilan birga kushib olib borildi.
Tarkibiy kayta kurishni amalga oshirish va yangi tarmoklar rivojlanishini qullab-kuvvatlash zaruriyatidan tashqari, o’tish iqtisodiyotiga ega bulgan mamlakatlarda importga doir boj tariflarini tartibga solish vositalaridan foydalanishni maqsadga muvofiq kiladigan bir qancha sabablar mavjuddir. Ulardan biri - byudjetni tuldirish buyicha bojxona siyosati oldida turgan vazifadir.
Davlat byudjeti daromadi manbai sifatida tarif ximoyasidan foydalanish foyda keltirishi va xatto iqtisodiy siyosatning boshqa vositalariga nisbatan samaralirok vosita bo’lishi mumkin.
Axolining turmush darajasi past bulgan yosh, mustaqil davlat uchun xukumatning ijtimoiy extiyojlarni soliklar yigish xisobiga ta‘minlashga kodir emasligi asosiy muammo bo’lishi mumkin. Mavritaniya kabi kambagal mamlakat, agar yukumli kasalliklar, kishlok xujalik yerlarining melioratsiyasi, boshlangich ta‘limni rivojlantirish, milliy mudofani mustaxkamlash ustidan nazorat kabi xizmatlar xajmini kupaytirish imkoniga ega bulsa, kuprok ijtimoiy afzalliklarga ega bo’ladi. Ayni vaqtda, o’tish iqtisodiyotidagi kupchilik mamlakatlarning ma‘muriy resurslari daromad soliklarini samarali yigishini ta‘minlash uchun yetarlicha emas, ularda umumiy solik madaniyati past.
Ushbu mamlakatlarda amal kiluvchi solik tizimi samaradorligi, modomiki ishlab chiqarish, iste‘mol, daromad va mulkni ishonchli belgilash va nazorat qilish imkoniyati xali yuk ekan, ta‘minlanishi mumkin emas.
Bunday xollarda import bojlari vatan ishlab chiqarishini ximoya qilish usulinigina emas, balki davlat daromadlarining goyatda muxim manbaiga xam aylanadi. Savodli solik mutaxassislari nixoyatda yetishmagan bir sharoitda Mavritaniya tomonidan import tarifi joriy etilishi ulkan ne‘mat xisoblanadi: asosiy dengiz portlari va chegara punktlari uncha kup bulmagan bojxona xizmatchilari yordamida nazorat qilinishi maxsus solik tizimini barpo etishga katta xarajatlar sarflashga nisbatan davlat byudjeti daromadlarini tuldirishning ancha arzon usuliga aylandi.
Kup jixatdan xuddi shu sababli milliy daromad darajasi past bulgan mamlakatlar davlat byudjetining 1/4 dan 3/5 gacha qismi bojlar xisobiga ta‘minlanadi. Davlat daromadlari boj tizimiga bog’liqligining ushbu ulushi rivojlangan mamlakatlar yosh davlatlarning iqtisodiy siyosati amalda bayon qilingan qonuniyatdan farklansa xam, fakt faktligicha koladi: ushbu mamlaktlarda tarif iqtisodiy siyosatning mukobil tadbirlariga qaraganda katta ijtimoiy afzalliklarni ta‘minlashga kodirdir.
O’tish iqtisodiyotiga yangi bojlar joriy etishning extimol tutilgan okibatlariga baxo berilar ekan, import qiymatining qisqarishi eksport qiymatining xuddi shu taxlit qisqarishiga olib kelishini xisobga olish zarurdir.
Eksport uchun ishlab chiqarishda import qilinadigan maxsulot - xom ashyo, materiallar, extiyot qismlar va boshqalardan foydalaniladi. Import tovarlarga va ularning urnini bosuvchi maxalliy tovarlarga narxlar usishiga olib keluvchi savdo tusiklari eksport tovarlarining ishlab chiqarish chiqimlarini oshiradi. Misol sifatida neft importiga kvotalar joriy etilishi natijasida (1959-1973 yy.) AKSHga olib kelinadigan kimyoviy maxsulotlar narxining usishini, shuningdek pulat import qilinishiga cheklashlar tufayli Amerika avtomobillari narxlari usishi tamoyilini keltirish mumkin. Binobarin, importni cheklash Amerika tovarlarining narxga rakobatbardoshligini muayyan darajada pasaytirishga va ularni jaxon bozoridan sikib chiqarishga olib keladi.
Importga cheklashlar joriy etilganda qolgan mamlakatlar javob choralari kurishlari mumkin. Xukumatlar xamma joyda import tomonidan rakobatdan ximoya qilishni talab kiluvchi ayrim tarmoklarning bosimiga duch keladi. Agar O’zbekiston avtomobillar importiga kattik cheklashlar joriy etar ekan, boshqa mamlakatlar xukumatlariga protektsionistik talablarga, ayniksa respublikadan avtomobillarni eksport qilishga nisbatan, karshi turishkiyinrok bular edi. Javob choralari O’zbekistondan eksportning yanada qisqarishiga olib kelur edi.
O’tish iqtisodiyotiga ega bulgan mamlakatlarda importga nisbatan cheklash siyosati uchun va unga karshi keltirilgan dalillar uz-uzidan nazariy shart-sharoitlarga asoslanadi va aniq miqdoriy baxo bermaydi. Aniq bir mamlakat uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida maxsus iqtisodiy tadkikotlar zarurdir, ular asosida uziga xos shart-sharoitlarni va mazkur milliy xujalik rivojlanishi maqsadlarini xisobga oluvchi bojxona siyosatini kurish mumkin.
Xar qanday xolatda bojxona siyosatining bir kontseptsiyasidan boshqasiga o’tish asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Bojlar bilan ximoyalangan tarmoklarda firmalar ular pasaytirilishi tugrisida oldindan ogoxlantirilsa, u xolda kapital kuyilmalar va ish urinlarining qisqarishi xonavayronlikka olib kelmaydi. Asosiy sarmoyaning tabiiy eskirishi, odatdagi (bir tomonlama) ishchi kadrlar kunimsizligi uz-uzidan xorijiy rakobat ta‘siri ostida ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Boshqa suz bilan aytganda, asta-sekinlik bilan barcha tarkibiy chiqimlarni yukka chiqarishi mumkin.

  1. 4.4. O’zbekiston Respublikasi bojxona siyosatiga asos buluvchi printsiplarini kurib chiqamiz. Ular Jaxon Bojxona Tashkiloti xujjatlarida kayd qilingan bojxona siyosatining xalqaro tajribasiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan shakllantirilgan O’zbekistonning tashqi va ichki siyosati asosiy printsiplariga asoslanadi.

  2. Xalqaro xuquq normalarining ichki davlat normalariga qaraganda ustunligini tan olish printsipi. U uzining milliy xuquqiy tizimini barpo etayotgan bizning mustaqil davlatimiz xalqaro xuquq normalarining ichki davlat normalariga qaraganda ustunligini tan olishidan iboratdir (O’zbekiston Respublikasi BK 4-moddasining 3-qismi). O’zbekiston jaxon xamjamiyatiga kushilar ekan, uz kiyofasini yukotmaslikka intiladi, bunda xalqaro xuquqiy normalar va standartlarga rioya qilishga tayyordir. O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga, Jaxon Bojxona Tashkilotiga va boshqalarga a‘zo bulib kirishi O’zbekiston xalqaro xamjamiyatining ajralmas qismiga aylanganligini bojxona ishi soxasida muxim jaxon muammolarni xal qilishda faol ishtirok etish uchun katta imkoniyatlar ochilganligini anglatadi.

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bojxona siyosati yagonaligi printsipi (BK 1-modda, 1-qism). U joylarda turlicha bojxona siyosati utkazilishidan voz kechishni, O’zbekiston Respublikasining butun bojxona xududiga yagona bojxona siyosati tatbik etilishini anglatadi.
Ikki tomonlama va kup tomonlama aloqalar urnatilishi va rivojlanishi printsipi. Ushbu printsip O’zbekiston Respublikasining bojxona ishi soxasida xalqaro xamkorlikda faol ishtirok etishga intilishi orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida bojxona ishi umumqabul qilingan xalqaro normalar va amaliyot bilan uygunlashish birxillashish yunalishida rivojlanmokda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlar doirasida xamkorlik chukurlashishi tarafdoridir.
Uz milliy davlat manfaatlari yuqoriligi sharoitida uzaro manfaatlar va savdo yengilliklarini xar tomonlama xisobga olish printsipi.
Ayrim iqtisodiy muammolarni xal etish mustaqil iqtisodiy siyosat o’tkazish va bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun chukur isloxotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotning barqarorlashuvi, olga tomon xarakat sur‘atlari muayyan darajada xozircha ijtimoiy-siyosiy vaziyatga va qushni mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatga va qushni mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatga bog’liqdir. Bojxona siyosati, agar u xamkor davlatlarning joriy manfaatlarini xisobga olsa, muayyan murosalarga borsa, uz samaradorligini oshiradi. Biroq, davlatlarning milliy xavfsizligi manfaatlari shubxa ostiga kuyilishi kerak emas.
Kamsitmaslik printsipi. Davlat uz iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish maqsadida bojxona siyosati vositalari orqali kupincha u yoki bu milliy bozorda cheklash choralaridan foydalanadi. Ushbu choralar kamsitmaslik shaklida amalga oshirilishi kerak, ya‘ni barcha qatnashuvchi dalatlarga nisbatan utkazilishi, ayrim mamlakatlarga nisbatan tanlab utkazilmasligi zarur.
Bir tomonlama xarakatlarning qabul qilinmasligi. Milliy bozorni ximoya qilish buyicha qarorlar kup tomonlama maslaxatlashuvlardan keyin qabul qilinishi kerak.
Demokratizm printsipi. Bojxona siyosatini ishlab chiqishda va uni xayotga joriy etishda demokratizm printsipi bojxona ishi soxasida fukarolarning, xujalik sub‘ektlarining xuquqlari ximoya qilinishi ta‘minlanishini takozo etadi. Bojxona organlari ularga yuklangan vazifalarni bajarishda jamoat tartibini ximoya qilish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga, axolining axlokiyligi, insonning xayoti va sogligi, xayvonlar va usimliklar muxofazasi, atrof va tabiiy muxit ximoyasi, tashqaridan olib kiriladigan tovarlardan vatan iste‘molchilarini ximoya qilishga kumaklashadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə