Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot faqulteti «menejment» kafedrasi


MA‘RUZA 6. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI BOJXONA NAZORATIDAN O’TKAZISH



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/22
tarix19.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#118023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Божхона маъруза матни

MA‘RUZA 6. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI BOJXONA NAZORATIDAN O’TKAZISH


RYeJA:
6.1.Tovaralar va transportlar vositalarini bojxona nazorati ostida tashish.
6.2.Tovar va transport vositalarni olib o’tishning xuquqiy asoslari
6.3. Tovar va transport vositalarini rasmiylashtiruvida bojxona rejimlari.
6.4. Bojxona nazoratini o’tkazishda ishlatiladigan texnik vositalar.


Adabiyotlar: 3,4,5,7,8,10,13.


Tayanch iboralar:
Tovarlar, transport vositalari, ularni tashish, bojxona nazorati tranzit bojxona rejimi, olib o’tishning xuquqiy asoslari, bojxona rejimlari, qiyoslash texnik vositalar, kidiruv texnik vositalar.


6.1. Bojxona nazorati ostida bulgan, shu jumladan tranzit rejimida bojxona xududi orqali utadigan tovarlar va transport vositalari junatish bojxona organidan borish bojxona organiga tovarlar va transport vositalarini tashishga qabul qilib olgan tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin.
Tranzitning bojxona rejimini qullash xususiyati ruxsat beruvchi tusga egadir. Tovarlarni mazkur bojxona rejimi ostida joylashtirishga ruxsatnomani bojxona organlari beradi.
Tovarlarning tranzit bojxona rejimi ostida o’tishda rioya qilinishi kerak bulgan shartlar quyidagilar xisoblanadi:

  • tovarlar olib kirilgandagi kurinishda olib chiqilishi kerak, tabiiy eskirish bundan mustasno;

  • ulardan biron-bir boshqa maqsadlar, tranzitdan tashqari, foydalanmaslik kafolati;

  • ushbu tovarlarning yetkazib beriladigan bojxona organiga uz vaqtida yetkazib berilishi.

O’zbekiston Respublikasi xududi buyicha tovarlar tranziti qonun xujjatlarida belgilangan yunalishlar buyicha amalga oshirilishi mumkin. Agar bojxona organi tashuvchiga ishonmaslik uchun biron-bir asosga ega bulsa, tranzit tovari bojxona xamkorligida tashiladi yoki bojxona tashuvchisi tashuvchi bo’ladi.
Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim bulgan xujjatlar kaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli bulsa, usha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi.
Tashuvchi quyidagi xollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul kilmaslikka xakli:

  • bojxona va transport xujjatlari belgilangan tartibni buzgan xolda rasmiylashtirilgan bulsa;

  • bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan urov-idishlarga kuyilgan ta‘minlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu ta‘minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.

  • Tovarlar, transport vositalari va ularga oid xujjatlar tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi:

  • ularni junatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yulanishda va muddatda, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saklash sharoitlaridagi kamayish okibatidagi uzgarishlarni istisno etganda, urov-idishlari yoki xolatini uzgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berish;

  • tovarlar, transport vositalari va ularga oid xujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida kursatishi, bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa - tovarlar va transport vositalarini amalda takdim etish;

  • bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart.

Yuk eltib beriladigan joyga yetib kelgandan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatsiz tovarlar va transport vositasini tuxtatish joyida karovsiz koldirish, tuxtatish joyini uzgartirish, yulovchilarni tushirish, tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish va urash-joylash operatsiyalarni o’tkazish, qiyoslash vositalarini uzgartirish, olib tashlash yoki yuk qilish xuquqiga ega emas.
Agar tashuvchi, yulovchilarning va transport vositasi ekipajining xayoti va sogligi chinakam xavf ostida qolganligini, tovarlar va transport vositasini yuk qilinishi, kaytarib bulmaydigan tarzda quldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud bulganligini isbotlasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi talablarni buzganligi uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Kursatilgan talablar buzilishiga sabab bulgan xolatlar tugrisida tashuvchi darxol bojxona organini xabardor qilish shart.
Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi fakat tegishlicha jixozlangan yoki bojxona kuzatuviga olingan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan takdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib utilishiga yul kuyishga xakli.
O’zbekiston Respublikasi xududi orqali olib utilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saklanishi uchun tashuvchi javobgar bo’ladi.
Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yukotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan takdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida tulanishi lozim bulgan boj tulovlarini tulashi shart, tovarlar xaloqat yoki yengib bulmas kuch ta‘siri okibatida yuk bulgan yoxud kaytarib bulmaydigan tarzda quldan ketgan yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saklash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoxud mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-xarakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan xollar bunday mustasno. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ruy bergan bunday xollar O’zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiklanishi lozim.
6.2.Tovar va transport vositalarini O’zbekiston respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tishning xuquqiy asoslari. Bojxona chegarasidan olib o’tish - tovarlar yoki transport vositalarini xar qanday usulda, shu jumladan xalqaro pochta junatmalarini yuborish, quvur transportidan xamda elektr uzatish liniyalaridan uzatish yuli bilan bojxona xududiga olib kirish yoki olib chiqish xarakatlarini amalga oshirishdir. Shunday xaraktlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • tovarlar yoki transport vositalari bojxona xududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar xududidan olib kirilganda - bojxona chegarasidan amalda o’tish;

  • tovarlar yoki transport vositalari bojxona xududidan olib chiqilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar xududiga olib chiqilganda - bojxona deklaratsiyasini takdim etish yoki tovar yoxud transport vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshirishga bevosita qaratilgan uzga xarakatni bajarish.

Tovarlar va transport vositalarini O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tishning asosiy printsiplari O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 1-bobida bayon etilgan.
Birinchidan, barcha shaxslar O’zbekiston Respublikasiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda teng xuquqiga ega, qonun qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasnodir (BK 8-moddasi). BK va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollardagina mazkur xuquqni cheklash yoki bekor qilish mumkin.
Ikkinchidan, tovarlar va transport vositalarining mamlkatimiz bojxona chegarasini kesib o’tishiga O’zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda va ularning ishlash vaqtida yul kuyiladi. Boshqa joylarda va bojxona organlarining ishlash vaqtidan tashqari tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini fakat bojxona organlari bilan kelishib kesib o’tishlari mumkin (BK 11, 12-moddalari).
Uchinchidan, tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tish ularning bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi xamda bojxona rasmiylashtirishi va bojxona nazoratidan utkazilishi kerak.
Tovarlar va transport vositalarini olib o’tishning muxim umumiy printsipi BK 15-moddasida bayon etilgan. Unga binoan, «bojxona tulovlari buyicha imtiyozlar berilib, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan, ana shu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan bulsa, ulardan fakat ana shu maqsadda foydalanishga... yul kuyiladi». Boshqa xollarda bunday tovarlar va transport vositalaridan foydalanishga O’zbekiston Respublikasi bojxona organining ruxsati bilan, bojlarni tulash xamda BK va O’zbekiston Respublikasining uzga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni sharti bilan yul kuyiladi.


6.3. Tovarlar va transport vositalarining bojxona chegarasi orqali olib utilishi, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi ularning bojxona rejimlariga muvofiq bajariladi.
Bojxona rejimlari O’zbekiston Respublikasi bojxona ishining eng muxim instituti xisoblanadi. Aynan bojxona rejimi tovarlar va transport vositalarining Respublikabojxona chegarasi orqali olib utilishi tartibini belgilab beradi.
Bojxona rejimining eng umumiy ta‘rifi BKda belgilab berilgan: «Bojxona rejimi - O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib utiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui» (BKning 7-moddasi 12-bandi).
Ushbu tushunchani batafsil kurib chiqamiz. Bojxona rejimi tovarlar va transport vositalarining olib utilishi xususiyati va maqsadlariga bog’liq ravishda qullaniladigan bojxona tartiblarining muayyan izchilligidir. Olib o’tish xususiyati yuklarini olib o’tish yunalishini - olib kirish, olib chiqish, tranzitni nazarda tutadi. Olib o’tish maqsadi - erkin muomala uchun chiqarish, kayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish (olib chiqish) va boshqalardir.
Tovarlar va transport vositalarining O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib utilishi xususiyati va maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tanlanadi xamda bojxona rejimining aniq turini va bojxona organlari tomonidan qullaniladigan tegishli qoidalarini aniqlash uchun asos bulib xizmat kiladi.
Aniq bojxona rejimlari, uz navbatida, jismoniy va yuridik shaxslarning farmoyishiga kura ularning egaligida bulgan, tranzit buyicha O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kelingan yoki transport vositalari buyicha ularning xuquqlari chegarasini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasining bojxona xududi orqali tovarlar va transport vositalarini olib utuvchi shaxslar, agar O’zbekiston Respublikasining bojxona ishiga doir biror-bir qonun xujjatida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bulsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, kaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi yoki kaysi maqsadga muljallanganligidan kat‘i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o’tkazishga xaklidir (BKning 16-moddasi, 3-xatboshisi).
SHunday qilib, bojxona rejimini tanlashning erkin xuquqi va uni boshqa rejimga almashtirish imkoniyati mavjuddir. Ushbu xuquq deklarantga beriladi. Ular BKning 7-moddasi 7-bandiga muvofiq «tovarlarni olib utuvchi, tovarlar va transport vositalarini uz nomidan deklaratsiyalovchi, kursatuvchi va takdim etuvchi shaxs yoki tovar olib utuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri» xisoblanadi. Biroq, amaliyotda xamma vaqt xam bojxona rejimini erkin tanlash xuquqini berishga muvaffak bulinavermaydi, chunki tovarlar va transport vositalarining olib utilishi maqsadi normativ xujjatlarga muvofiq bo’lishi kerak.
Birinchidan, xar bir bojxona rejimi uchun bir qancha qoidalar mavjud bulib, ularga muvofiq rejimni fakat muayyan shartlar va qoidalarga kura qullash mumkin, shuningdek bojxona rejimini qullash izchilligiga nisbatan xam shunday xolni kuzatish mumkin. Muayyan bojxona rejimlaridan keyin ularning ayrimlari qullanilishi mumkin, boshqa rejimlarni uzgartirish imkoni kiyin. Masalan, tovarlarni reimport bojxona rejimida joylashtirish uchun bunday joylashtirishning reimport tugrisidagi qoidalar nazarda tutilgan barcha shartlari bajarilishi kerak.
Bojxona ombori deb ataladigan bojxona rejimidan keyin, masalan, erkin muomalaga chiqarish, vaqtincha olib kirish (olib chiqish), eksport va boshqa rejimlar bayon qilinishi mumkin, bojxona rejimlaridan keyin esa davlat foydasiga rad etish va yuk qilishdan keyin boshqa rejim xaqida bayonot berish mumkin emas.
Ikkinchidan, bir qancha xollarda tovarlar va transport vositalarini O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib utuvchi shaxs qonun xujjatlari talablariga muvofiq bojxona rejimini tanlashga majburdir. Masalan, BKning 31-moddasidagi qoidalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi bojxona xududida xorijiy tovarlarni kayta ishlash fakat bojxona xududida kayta ishlash rejimi buyicha mumkin.
Tanlangan bojxona rejimi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirishda xuquqiy jixatdan kayd etiladi.

6.4.Bojxona nazoratini o’tkazishda ishlatiladigan texnik vositalar. Bojxona chegarasining texnik vositalari bu – tovar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tishning qonuniyligini aniqlash ularni xisobga olish, soliklar va yigimlar olish, olib kirish va tranzit ta‘kiklangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o’tishining oldini olishi uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan bojxona maskanlaridan va ulardan tashqarida foydalaniladigan maxsus texnik vositalar majmuidir.


Bojxona nazorati texnika vositalari ommaviy ishlatishga muljallanligi, soddaligi va ishlatilishi qulayligi bilan kupchilik xollarda ular tugrisida maxsus bilimlarga ega bo’lishni xattoki tor doiradagi mutaxassis bo’lishni talab etadi.
Bojxona nazoratini tez va sifatli o’tkazishda kuyilgan masalaning shartiga kura ishlatilishi texnik vositalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
- Kurikdan o’tkazishda rentgen texnikasida.
- Nozirlik kurigidan o’tkazish majmualari.
- Kidiruv texnik vositalari.
- Qiyoslash texnik vositalari.
- Kontrabanda ishlari buyicha surishtiruv va xujjatlashtirish texnik vositalari.
Kurikdan o’tkazishda foydalaniladigan rentgen texnikasi yulovchilarning qul yuklari va bagajlarini, urta xajmdagi xalqaro pochta junatmalarini ochmasdan ularni tekshirishga imkon beruvchi vositalardir.
Nozirlik kurigidan o’tkazish majmualari - katta ulchovlarga ega bulgan yuklarni ochmasdan bojxona kurigidan o’tkazish uchun muljallangan maxsus elektron apparatura majmui. Ular uch toifaga bulinadi:
engil avtomobillar, mikro avtobuslar, avto pritseplar va 3 tonnagacha yuk tashuvchi transportlarni kurikdan o’tkazish texnik vositalari.
temir yul va dengiz konteynerlarini, traylerlarini va refrijeratorlarni kurikdan o’tkazish majmualari.
avia konteynerlarni kurigdan o’tkazish majmualari.

Kidiruvning texnik vositalari kurinish jixatdan ixcham shaklida bulgan yulovchilarning bagajlari, xalqaro pochta junatmalari, banderollar xamda tranchport vositalarning kurish imkoniyati bulmagan joylarni bojxona nazoratidan o’tkazish uchun muljallangan texnik nazorat vositalari.


Qiyoslashning texnik vositalari – bojxona xujjatlarning xaqikiyligini, muxrlar va plombalar tugriligini, kimmatbaxo metallarning probasini, kimmatbaxo toshlarni tekshirish, narkotik moddalarini qiyoslash tekshiruvidan o’tkazish, banknotlarning xaqikiyligini tekshirish uchun ishlatiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə