Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Matn yuzasidan topshiriqlar



Yüklə 7,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/237
tarix23.12.2023
ölçüsü7,17 Kb.
#155612
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237
03. OQITISH MATERIALLARI OZBEK TILI таёри

Matn yuzasidan topshiriqlar. 
1-topshiriq: 
a) 
matnni o`qing; 
b) 
matn yuzasidan savollar tuzing
c) 
matnni rus tiliga tarjima qiling; 
d) Vatan ozodligi uchun jonini qurbon qilgan yurt farzandlari haqida bayon 
yozing. 
2-topshiriq. Matndagi tayanch so`zlarni yod oling: 
Tarixiy - 1.Tarixda qoladigan, tarixga kiradigan. Tarixiy voqea. Tarixiy kun. 2. 
Biror voqea- hodisaning butun tarixiga oid, butun tarixiy jarayoni bilan bog`liq. 
“Shahidlar xotirasi” yodgorligining sobiq qatlgohlardan birida qurilishi... qirg`in va 
qatag`onlarni achchiq tarixiy xotira sifatida eslatadi. 
Surgun - Davlat organlarining qarori yoki sud hukmi bilan jazo tariqasida boshqa 
bir yerda yashash uchun majburiy ravishda ko`chirish. Surgun qilmoq. 
Surgungayubormoq. 
Ustun I [tirgak, tayanch] - Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi. 17 
gektarlik maydonni o `z ichiga olgan “Shahidlar xotirasi ” yodgorlik majmuida 
baland ustunlarga tayangan moviy gumbazli rotonda qurilgan. 


Xalq - Biror mamlakat yoki davlat aholisi. O `zbekiston xalqi. 
Qatag`on - Repressiya. “Qatag`on qurbonlari”yodgorligi. 
Qadriyat [qiymat, qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi] - Voqelikdagi muayyan 
hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy, axloqiy, madaniy, ma`naviy ahamiyatini 
ko`rsatish uchun qo`llanadigan tushuncha. Inson uchun ahamiyatli bo`lgan barcha 
narsalar: erkinlik, tinchlik, adolat, ma`rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma`naviy 
boyliklar qadriyat hisoblanadi. 
Gumbaz[ qubba, ravoq] - Qubba shaklidagi tom; qubba taxlitidagi narsa. 
Majmuida baland ustunlarga tayangan moviy gumbazli rotonda qurilgan. 
Ramziy [ramzga asoslangan] - Ramzli, ishorali. Moviy gumbazli rotonda 
qatag`on qurbonlarining ramziy qabri joylashgan. 
Sag`ana - Maqbara. Ramziy sag`ana yodgorlik majmuining “yuragi” hisoblanadi. 

Yüklə 7,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə