434
2.
Kreditning tuzilishi, vazifalari. Ssuda protsenti: mohiyati, omillari.
Bozor iqtisodiyotida kreditning turli shakllari mavjud bo’lib, asosan, ikki shakldagi
kredit muhim o’rin tutadi. Bank krediti va tijorat krediti. Bank krediti banklar, yirik pul
egalari, maxsus kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida qarz so’rovchilarga beriladi.
Qarz so’rovchi sifatida tadbirkor, davlat va boshqalar bo’lishi mumkin.
Bank krediti - ob’yekti pul kapitalidir.
Bank krediti o’zining muddati, maqsadli
berilishi va boshqa qoida imtiyozlari asosida tijorat kreditidan farq qiladi. Bank krediti
kapital jamg’arish, aholi va firmalar pul mablag’larini kapitalga aylantirish kabi bir
qator vazifalarni bajaradi.
Tijorat krediti
- bir korxonaning ikkinchi korxonaga sotilgan tovar uchun
muddati kechiktirilgan to’lov ko’rinishida amalga oshadi. Tijorat kreditining muhim
vositasi vekseldir. Tijorat kreditining maqsadi tovarlar savdo - sotigini tezlashtirish
asosida ulardan keladigan foydani o’zlashtirishdir. Tovar bahosiga va veksel summasiga
o’rnatilayotgan foiz har doim bank foizidan kam bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining
taraqqiysi ko’p mamlakatlarda bank va tijorat kreditlarining bir-birlariga qo’shilib
ketayotganligini ko’rsatmoqda.
Hozirgi paytda ko’p mamlakatlarda
Dostları ilə paylaş: