Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Iste’mol krediti
mavjud. Kreditning yana bir 
shakli - 
davlat kreditidir.
Bunda qarz oluvchi davlat yoki mahalliy xoqimiyat 
tashkil
otlari hisoblanadi. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida moliya-kredit tashkilotlari 
orqali zayomlar chiqarib, pul mablag’larini to’plashni bajaradi, safarbar qiladi. 
Kreditning yana bir ko’rinishi -
xalqaro kreditlar
. Xalqaro kredit mamlakatlar 
o’rtasidagi pul kaptalining harakatida namoyon bo’ladi. Xalqaro Valyuta Fondi, 
Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Banki, Jaxon Banki turli mamlakatlarga kredit 
berishning markazlari hisoblanadilar. 
Kredit iqtisodiyotda bir qator vazifalarni bajaradi.
Birinchidan,
pul 
mabalaglarini qayta taqsimlash vazifasi. Aholi, korxonalar, davlatning vaqtincha bo’sh 
pul resurslari ssuda kapitali tarzida iqtisodiyotning muayyan vaqtda rivojlanishi ko’zda 
tutilgan tarmoqlari, korxonalariga qayta taqsimlanadi. 
Kreditning 
ikkinchi vazifasi
- kapital yigilishini va markazlashuvini tezlatishdir. 
Kredit yakka ishlab chiqaruvchilarni xissadorlik jamiyatlariga, yangi firmalarga va 
ularni xatto xalqaro korporatsiyalarga birlashtirib, kapital markazlashuviga, 
to’planishiga olib keladi. 
Uchinchidan,
kredit muomala harajatlarini tejash vazifasini bajarib, pul 
banknotalari o’rniga vekselg’, chek , banknot kabi hisob- kitob hamda pul o’tkazish 
shaklidagi muomala bilan pul muomalasini tezlashtiradi. 
Nixoyat, 
to’rtinchidan,
kreditdan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalaniladi. 
Tabaqalashgan foizlar, imtiyozlar va kafolatlar asosida davlat jamiyat uchun muhim 
sohalarning taraqqiyoti uchun tadbirkorlar faoliyatini tartibga soladi. Natijada, 
iqtisodiyotning eng dolzarb, umumdavlat sohalari taraqqiyotini jadallashtirish 
imkoniyatlari yuzaga keladi.
Tovarning pul xo’jaligida ssuda fondi (kapital) mavjud bo’lib, jamiyatning unda 
ko’p ehtiyojlarini qondirishda qarz tariqasida shu fonddan foydalanadi. Bu fond pul 


435 
vositalarining jamg’armasi sifatida xo’jaliklar va aholining ehtiyojlarini moliyaviy 
shart-sharoitlar orqali qaytarish sharti bilan qondirishga qaratilgan.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə