Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Banklar va ularning turlari. Markaziy bank va uning pul siyosati



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

3.Banklar va ularning turlari. Markaziy bank va uning pul siyosati. 
 
Banklar jamg’arma sifatida topshirilgan mablag’lar hisobiga sanoat, savdo 
korxonalariga va boshqa turli tadbirkorlarga pul bilan kredit beruvchi hamda boshqa pul 
bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlardir, korxonalardir. Hozirgi 
zamonaviy banklarning tarixiy rivojlanishi va tarkib topishi haqida ikki xil muloxaza 
mavjud. Birinchi muloxazaga binoan, banklarning vujudga kelishi pulning oltin va 
kumush shakllari zarb etilgan davrdan boshlandi. O’sha davr tadbirkorlari o’z amaliy 


437 
faoliyatlarida oltinni zargarlarga tilxat asosida topshirib, olingan tilxatlarni dastabki 
qog’oz pullar shaklida ishlata boshladilar. Zargarlar tilxat berib, oltinni o’zlarida olib 
qolish asosida asta-sekin bankirlarga aylana boshladilar. Dastlabki vaqlarda zagarlar 
tilxatni to’laligicha oltinga almashtiradilar. Vaqt o’tishi bilan zargarlar o’zlarida 
jamlanayotgan mablag’lar ko’pligini paykashib, ma’lum ortiqcha oltinni endi boshqa 
shaxslarga muayyan qismi hisobiga topshira boshlaydilar. Bu holat xususiy pul 
rezervlari asosida bank tizimining shakillanishiga olib keladi. 
Ikkinchi muloxazaga asosan kishilik jamiyati tarixida hozirgi banklar 
faoliyatining dastlabki ko’rinishlari qadimgi Bobil, Misr, Gretsiya va Rim imperiyasi 
davlalarida shakllanadi. Dastlabki bank XVI asr o’rtalarida Italiyada tashkil topib, ular 
turli mamlakatlar va shaharlarning pullarini almashtirish vazifasini bajardilar. Mazkur 
banklarning bosh vazifasi pul mablag’larini qabul qilish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
boshqarish bo’ldi. Muayyan turdagi banklar asta-sekin Gollandiya va Germaniyada 
XVII asr boshlarida tashkil topdi. Banklar, asosan, savdo va uning hisob-kitoblari bilan 
shug’ullanganlar. O’sha paytlarda banklar sanoat kapitaliga xizmat qilmas va pul zarb 
etish (emissiya) bilan shug’ullanmas edilar. 
Banklar vujudga kelishining dastlabki asoslari pul qarz berish va pul almashtirish
shaxobchalari bo’lib, ular asta-sekin kelajakda sudxurlik va keyinrok ssuda kapitalini 
shakllantirdilar. Mazkur ob’yektlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi banklarning 
vujudga kelishiga olib keladi. SHunday qilib, banklarning vujudga kelishi, 
avvalo
tovar-
pul munosabatlarining taraqqiyoti maxsulidir. 
Ikkinchidan,
banklarni barpo etishdan 
maqsad - ishlab chiqarish jarayonini oxirigacha yetkazishda, bir ishlab chiqarish 
tsiklidan ikkinchisiga bemalol o’tish uchun mablag’ bilan ta’minlashdir. Bir so’z bilan 
aytganda sanoat kapitaliga xizmat qilish natijasida foiz keltiruvchi kapital va uning 
harakat shakli - kredit tizimi vujudga keldi. 
O’zbekistonning bank tizimi ikki 
pog’onadan iborat:

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə