Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Birinchi tadbir 

o’zbek valyutasi barqarorligini tovar bilan ta’minlashdir.
Bu 
yo’l bozorni tovarlar bilan to’ldirish uchun Iste’molchilarga ko’plab milliy va xorijiy
tovarlarni taklif etish. Buning uchun investitsiya ajratish, kredit berish, birinchi 
navbatda xalq Iste’moli tovarlari yaratayotgan tadbirkorlarga berilmokda. Hozirgacha 
O’zbekiston bozori respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to’la-tukis 


439 
to’ldirilmas edi. Endilikda, milliy mahsulotni sifatli yaratib, bozorga taklif etish 
masalasi muhimdir. 
Ikkinchi tadbir 

valyutaning yetarli zaxirasiga ega bo’lishdir.
Bu yo’l eksport 
imkoniyatimizni kengaytirish, jaxon bazorida O’zbekistonning mustaxkam
mavqe
ni 
qo’l kiritishdir. Jaxon bozoriga mahsulot olib chikuvchi barcha korxonalarga 
rag’bat
lantiruvchi omillarni vujudga keltirish darkor. 
Uchinchi tadbir 
-
 milliy valyuta qadrini oshirish. 
Har bir korxona, har bir kishi 
ishlab topgan so’mni kadrlashni o’rgangan taqdirdagina milliy valyuta real to’lov
vositasiga aylanadi. Har bir tadbirkor davlatdan o’zi olayotgan mablag’lar, kreditlar 
inhom emasligini aniq anglashlari, jamiyat oldida faqat bir tadbirkor sifatida emas, 
balki xalqning sarflanayotgan har bir so’mi salmokli foyda bilan qaytishi,
respublikaning ertangi kuniga, istikboliga xizmat qilishi zarurligini bilishlari lozim. 
To’rtinchi tadbir
-
inflyatsiyaga qorshi eng muhim, baquvvat, puxta uylangan 
siyosatni yuritishdir.
Inflyatsiya darajasini kamaytirish o’zbek so’mining quvvatli va 
yashovchan bo’lishining asosiy garovidir.
 
Pulning mohiyati va vazifalari 
 
Pul barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent bo’lib, barcha tovarlar pulga 
nisbatan oddiy tovar 
mavqe
ga ega bo’ladilar. Tovarlar pul bilan bo’lgan 
munosabatlarda u orqali o’zlarining qiymatini ifoda etadilar va o’z baholariga ega 
bo’ladilar. Pul munosabatining ikkinchi tomoni Iste’mol qiymati sifatida namoyon 
bo’lib, xoxlagan sharoitda xoxlagan tovarning qiymatiga aylana oladi. Pul umumiy 
ehtiyoj predmeti bo’lib, umumiy Iste’mol qiymatini ifodalaydi. Pul haqiqatda alohida va 
faqat o’ziga xos Iste’mol qiymatiga ega bo’lib, pul ko’rinishida alohida maxsus, ideal 
umumiy qiymat bo’lib xizmat qiladi.
Aynan shu Iste’mol qiymati avvalgi Iste’mol qiymatidan farq qiladi. Unda oltinni 
Iste’mol qiymati qiymatning ekvivalent shakli bilan qo’shilib ketgan. U ijtimoiy 
munosabatlarning ifoda etuvchisigina bo’lib qolmay, balki o’zi munosabatdir, iqtisodiy 
kategoriyadir. Bu shakl pulning ayriboshlash jarayonida boshqa bovarlarga ta’sir 
etishdagi o’ziga xos xususiyatdir.Pul ijtimoiy mehnat va qiymatni gavdalantiradi, 
bundan mehnat qaysi sohaga sarflangani va qiymat kaerda yaratilgani farqsizdir.
Pulga xoxlagan Iste’mol qiymatini olish mumkin. Demak tovarlarning ideal 
sharoitdagi pul shakli va ideal sharoitdagi pulning umumiy qiymati –ikkalasi bir 
munosabat momentlaridar. Pulning o’zi tovardir, tovarlarning tovaridir, kishi orzu 
qilgan sharoitda xoxlagan tovarga aylanadigan tovardir. 
Pulning 
mohiyat
i uning vazifalarida yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Pul o’z 
xususiyatiga ko’ra, avvalo muomila vositasidir, ya’ni tovarlarni bir-biriga almashtirish 
pul vositasida amalga oshadi. Chunki tovar egasi bo’lgan sotuvchi tovarni sotib , 
tovarning qiymatini pul sifatida olib ketadi. SHuning uchun talab bilan taklifni bir-
biriga pul ulaydi va ularning o’zilishiga barham beruvchi bo’lib hisoblanadi. 
Tovarni siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida amalga 
oshadi, deyish mumkin. Ayriboshlashning eng yuqori pogonasi bo’lgan muomala 
mazmunan pul tufayli yuzaga keladi.


440 
Tovar-pul muomalasi esa bozor sharoitining asosidir, demak bundan pul va pul 
muomalasining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o’rnini baholash qiyin emas. 
Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta’minlash uchun 
ma’lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga ehtibor 
berish zarur. To’lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo’lishi mumkin. Agarda tovarning haqi 
bevosita pul to’lovi orqali amalga oshsa, buni naqd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. 
Basharti bevosita pul to’lovsiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz to’lov 
deyiladi.
Asosan banklar orqali pul o’tkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun ham zaruriy 
pul miqdorini belgilashda bunday vokelik ehtiborga olinadi. Chunki u bevosita pul 
zaruriyati darajasiga ta’sir etadi.
Bundan tashqari zarur pul miqdorini aniqlashda pul harakati tezligi ahamiyatlidir. 
Bu pul birligining yil ichida necha marta qo’ldan-qo’l o’tib, tovar egalarining 
o’zgarishidagi ishtiroki darajasiga bog’liqdir, ya’ni pul 
qancha
ko’p “ishlasa” - 
tovarlar, xizmatlarning oldi –sotdisida ko’p katnashsa, shuncha tez harakat qilinganligi 
aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln so’m tovar, xizmatlar sotilishi 10 
mln so’m pul tufayli amalga oshgan bo’lsa, har bir so’m yiliga o’rtacha 10 marta 
aylanib, o’z harakat tezligi darajasini belgilaydi. 
Shunga asoslangan xolda normal muomala uchun zarur pul miqdorini belgilash 
mumkin bo’ladiki, bu ayriboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul miqdorini –M, sotiladigan tovar, xizmatlar 
bahosining o’rtacha darajasini – R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar umumiy 
hajmini- O, pul harakati tezligini – U bilan belgilasak, unda quyidagi tenglikka ega 
bo’lamiz. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə