Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobiliyat turlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə3/8
tarix10.06.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#116481
1   2   3   4   5   6   7   8
Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobi

2) Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko`rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko`rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko`rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o`zaro bir-biriga o`xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o`xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo`lib kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o`z ta`limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o`rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to`g`risidagi ta`limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?a?ida so`zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;
2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo`lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo`lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning o`ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo`ladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuyg`ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o`rinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta`kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma`lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o`rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so`zlar, fikrlov vositasida ro`yobga chiqariladi.
Qobiliyatning tug`maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. Psixologiyada qobiliyatning tug`ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan differensial xususiyatlarning tug`maligini inkor qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan miya tuzilishining sezgi a`zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat deb ataladi. Layoqat ko`p qirralidir. Shaxs tomonidan qo`yilgan talablarning tabiatiga bog`liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə