Qon guruhlari. II bob yurakning ishi va quvvatini aniqlash


III BOB. Yurak faoliyatining boshqarilishi



Yüklə 130 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2022
ölçüsü130 Kb.
#82655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qonning asosiy funksiyalari kurs ishi

III BOB. Yurak faoliyatining boshqarilishi.

Yurakning avtomatiya xususiyatiga ega ekanligi yuqorida qayd qilingan edi. Yurak xoh organizmda bo‘lsin, xoh organizmdan ajratib olingan bo‘lsin o‘tkazuvchi tizimining tegishli qismlarida hosil bo‘layotgan impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlaydi. Ammo, bundan yurakka markaziy nerv tizimidan impulslar kelishining markaziy nerv tizimi va gumoral tizim tomonidan yurak faoliyatining boshqarilishining zaruriyati yo‘q degan mapno kelib chiqmasligi kerak. Avtomatiya hodisasi organizm tinch, osoyishta holatda turgandagina yurak faoliyatini bir muncha boshqarib boradi, xalos, organizm nisbatan osoyishta turgandagina yurak faoliyatini to‘g‘ri lab turishi mumkin. Odatda, organizmda kechayotgan hayotiy jarayonlar doimo, uzluksiz ravishda o‘zgarib turadigan tashqi muhitga moslashib o‘zgarib boradi. Modomiki shunday ekan, organizmning qon bilan ta’minlanishi turli sharoitlarda nisbatan buzilmay, bir xil bo‘lib turishi uchun yurak ham o‘sha sharoitlarga qarab har xil tartibda ishlab turishi kerak. Yurak faoliyati markaziy nerv tizimi va gumoral tizimlar ishtiroki bilan organizm talablariga mos ravishda o‘zgarib , konkret sharoitlarga moslashib boradi. Yurak markaziy nerv tizimidan tegishli simpatik va adashgan nerv tolalarini oladi. Yurakka keladigan va uning faoliyatini boshqaiadigan simpatik nerv tolalari orqa miyaning 2-5 Ko‘krak segmentlaridan chiqadi. Simpatik nerv tizimining yurakka keladigan neyronlari, orqa miyadan chiqqandan so‘ng simpatik tugunlarda -Bo‘yin, yuqori Ko‘krak ayniqsa yulduzsimon tugunlarda tugaydi. Bu tugunlardan chiqqan ikkinchi neyron esa yurakka kelib tutashadi.

Jumladan, o‘ng adashgan nerv tolalari bilan to‘tashgan neyronlarning aksariyat qismi Kiss-Flyak tuguni bo‘ylab tarqalib, kamroq qismi atrioventrikulyar tugunga yetadi. Chap adashgan nerv tolasi bilan tutashgan neyronlarning aksariyat qismi esa, atrioventrikulyar tugun bilan tutashadi; kamroq qismi esa Kiss-Flek tuguniga keladi. Demak, o‘ng adashgan nerv qo‘zg‘alganda qo‘zg‘alish asosan Kiss-Flek tuguniga, chap adashgan nerv qo‘zg‘alganda esa atrioventrikulyar tugunga o‘tadi. Adashgan nerv qo‘zg‘alganda yurak faoliyatining tormozlanishi, simpatik nerv qo‘zg‘alganida esa tezlashuvi tekshirishlarda isbotlangan. Jumladan, yurakka yo‘nalgan adashgan nerv tolalari qo‘zg‘alganda, yurakning ish ritmi kamayadi (manfiy xronotro‘ effekt), yurak muskulaturasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi (manfiy batmotro‘ effekt), yurak muskulaturasining qisqarish kuchi kamayadi (manfiy inotro‘ effekt); yurak o‘tkazuvchanligi susayadi (manfiy dronotro‘ effekt). Adashgan nerv to‘satdan kuchli qo‘zg‘alsa yurak birdan mutlaqo to‘xtab qoladi.Adashgan nerv surunkasiga uzluksiz ta’sir lab turilsa, avvaliga to‘xtagan yurak keyinchalik asta-sekin yana ishlay boshlaydi. Boshqacha aytganda yurak bunda adashgan nerv ta’siridan go‘yo "siljib" chiqadi. Bu hodisa adashgan nerv uzoq vaqt, uzluksiz ta’sir langanda yurak faoliyatining batamom to‘xtab qolmaganligidan dalolat beradi. Simpatik nerv tizimining yurakka keladigan tolalari qo‘zgpatilsa, yurakning ish ritmi tezlashadi (musbat xronotro‘ effekt), qo‘zg‘aluvchanligi oshadi (musbat batmotro‘), qisqarish kuchi oshadi (musbat inotro‘) va o‘tkazuvchanligi oshadi (musbat dronotro‘ effekt)lar kelib chiqadi.

Yurak faoliyatini boshqarilishini o‘rganishda I.p.pavlovning xi/matlari alohida o‘rinda turadi. Aka-uka Veberlar adashgan nerv ta’siridan yurak ishining sekinlashuvini, keyinchalik rus fiziologi U.F.Sion esa simpatik nerv ta’siridan yurak ishining tezlashuvini I.P.PavIovdan oldin, 1885 yilda isbotlagan edilar. I.P.Pavlov "yurakning markazdan qochuvchi nervlari" degan asarida, yurakka yo‘nalgan simpatik nerv tolalari orasida yurakni ish ritmiga ta’sir qilmasdan, qisqarish kuchini oshiradigan, adashgan nerv tolalari orasidan esa bu kuchni susaytiradigan tolalarni to‘di.




Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə