Qoʻriqxona belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratnlgan, alohida ilmiy yoki malaniy ahamiyatga EGA boʻlgan tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonotning dunyosi, foydali qazilmalar va b


Wikipedia Himoyalangan tabiiy hududlar



Yüklə 174,32 Kb.
səhifə2/5
tarix20.10.2023
ölçüsü174,32 Kb.
#128436
1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word

Wikipedia

Himoyalangan tabiiy hududlar
Erning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:
davlat qo‘riqxonalari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
tabiat bog‘lari;
davlat tabiat yodgorliklari;
ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.




Davlat qo‘riqxonalari


Tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida 6 ta davlat qo‘riqxonalari mavjud:
– Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi (Toshkent viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
– Zomin davlat qo‘riqxonasi (Jizzax viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
– Nurota davlat qo‘riqxonasi (Jizzax viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
– Qizilqum davlat qo‘riqxonasi (Buxoro va Xorazm viloyatlari, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
– Surxon davlat qo‘riqxonasi (Surxandaryo viloyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
– Hisor davlat qo‘riqxonasi (Qashqadaryo viloyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);


Yüklə 174,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə