Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


BIRINCHI BO‘LIM. O‘ZBEK ADABIY TILINING



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

 


9
BIRINCHI BO‘LIM. O‘ZBEK ADABIY TILINING 
YUZAGA KELISHI VA YUKSALUVI 
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r: 
tilning o‘tmishdagi atalishi;
türkčä, türk tili, türkî, čïğatay türkîsi,
 
özbek tili; til vaziyati; qadimgi 
turk dialektlari; tilshunoslik tarixi. 
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r: 
O‘zbek tilining o‘tmishdagi atalishi. 
O‘tmishda adabiy til qanday atalgan? 
Ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi til vaziyati. 
O‘zbek adabiy tilining yuksaluvi. 
Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va 
kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi. 
Qadimgi turk dialektlari va ularning yozma adabiy tilga 
bog‘liqligi.
O‘zbek tilshunosligining tarixi. Uning yuzaga kelishi va tarixiy 
bosqichlari. 
O‘ZBEK TILI O‘TMISHDA QANDAY ATALGAN? 
Xalq va tilining yoshi har qachon ham u atalayotgan ot 
tarixi bilan o‘lchanavermaydi. Chunki muayyan til o‘z tarixi 
davomida bir qancha nom bilan yuritilgan bo‘luvi mumkin. 
Buning misoli: hozirgi 
o‘zbek

o‘zbek tili
atamalarining kelib 
chiqish tarixi uning qadar eski emas. Aslida esa o‘zbek xalqi va 
tilining tarixi juda eski zamonlarga ildiz otgan bo‘lib, hozirgi 
otining tarixi uning yoshini o‘zida aks ettirmaydi. O‘tmishda 
hozirgi o‘zbeklar va ularning tili bir qancha nom bilan atab 
kelingan. 
Qadimgi turk ijtimoiy-siyosiy muhitida “xalq, ulus” 
tushunchasini 
äl~el, bodun~bodun, el-kün, el-ulus
so‘zlari 
ifoda etgan. Bizgacha yetib kelgan ilk yozma obidalarda turkiy 
qavmlarning otlari ham tilga olinadi. Masalan, ko‘k turk 
bitiglarida turkiy qavmlarning umumiy oti 
türk
(
türk, türk 


10
bodun, türk eli
) deb atalgan. Turkiy qavmlar esa 
oğuz
(bu qavm 
uyushmalari 
säkiz oğuz, toquz oğuz
deyilgan), 
uyğur, tatar 
(
tatar, toquz tatar, otuz tatar
), 
qarluq, qïpčaq, qïrqïz, basmïl
otlari bilan qayd etiladi. Ba’zan bular 
bodun
so‘zi bilan birikma 
shaklida ham qo‘llangan: 
oğuz bodun, toquz oğuz bodunï, 
qarluq bodun
, “mamlakat, yurt” tushunchasini 
el
so‘zi 
ifodalagan: 
türk qïpčaq eli
singari. Muhimi, yozma manbalarda 
turkiy til va uning dialektlari ana shu qavmlarning oti bilan 
atog‘liq. Bu atamalar 
til
so‘zi bilan ham qo‘shib ishlatilgan. 
Masalan: 
oğuz tili, uyğur tili
.
Endi turkiy (o‘zbek) tilning o‘tmishdagi otlarini yozma 
yodgorliklar misolida ko‘rib chiqaylik. 
Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri 
türk
(
türkčä, türk tili
) atamasidir. Bu ot buddizmning VII–IX 
asrlarga mansub “Maytri simit no‘m bitig” asarida qo‘llangan. 
Chunonchi, asarda Partanarakshit Karnavajiki otli kishi uni 
to‘xri (tohar) tilidan turk tiliga tarjima qilganligi qayd etiladi: 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə