Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Adabiy tilning o‘tmishdagi atalishi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Adabiy tilning o‘tmishdagi atalishi 
Yozma manbalarda, turkiy adabiy til turlicha atalgan. 
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”da o‘z davri 
yetakchi dialektlarini (sharqiy dialektlarni) birlashtirib 
turk tili

qolganlarini esa o‘z nomlari (o‘g‘uzcha, qipchoqcha) va b. 
bilan ataydi. Ana shu 
turk tili
o‘rnida 
xoqoniya tili, xoqoniya 
turkchasi
nomini ham qo‘llagan. Bu bilan u qoraxoniylar 
davlatining markaziy o‘lkalarida yashovchilar lahjasi (adabiy 
tilga asos bo‘luvchi yetakchi lahjalar)ni nazarda tutadi: 
“Tillarning yengili o‘g‘uzcha, eng to‘g‘risi, yaxshisi yag‘ma, 
tuxsi kabilarning tili va shuningdek, Ila, Ertish, Yamar, Etil 
vodiylaridan 
uyg‘ur 
shaharlarigacha 
bo‘lgan 
joylarda 
yashovchilar tilidir. Bularning ichida eng ochiq va ravon til 
xoqoniya o‘lkasida yashovchilarning tilidir “ ...” Shahar 
o‘rtasida turuvchilar 
xoqoniy turkchasida 
so‘zlaydilar” 
(MK.I.66). Mahmud Koshg‘ariy ushbu 
turk tili, xoqoniya tili, 
xoqoniya turkchasi
atamalari bilan o‘z davri turkiy adabiy tilini 
ko‘zda tutgan edi. 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida 
türkčä
bilan 
bir qatorda 
buğraxan tili, xan tili
atamalari ham qo‘llangan. 
Misoli shunday: 
Türkistän ellärindä buğraxan tilinčä bu 
kitābdïn yaxšïraq hargez-kim ersä tasnif qïlmadï
(Turkiston 
ellarida bug‘raxon tilida biror kimsa hargiz bu kitobdan 
yaxshiroq yozgan emas) (QB.48). Bu bilan, chamasi, 
Bug‘raxon qaramog‘idagi o‘lkalarda yashovchilar lahjasiga 
tayangan adabiy til ko‘zda tutiladi. 


19
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq” asari 
to‘g‘risida so‘z yuritib, uning turkiy tilda ekanligini 
ta’kidlaydi. Uning keltirgan bayti: 
Anïn uš čïqardïm bu türkî 
kitāp
(Shuningdek, bu turkiy kitobni ijod qildim) (AH.473). 
Asarning 1444 yili ko‘chirilgan samarqand qo‘lyozmasida 
Amir Arslon tarxon masnaviysi dostonga ilova qilingan. Amir 
Arslon masnaviysida qayd etilishicha, muallif bu kitobini 
kašğar tili~kašğarî til
da yozgan: 
Tamami erür kašğarî til bilä, 
Ayïtmïš adib riqqat-i til bilä. 
Ägär bilsä kašğar tilin har kiši 
Bilür ol adibnïŋ nekim aymïšï. 
((Kitob) koshg‘ar tili bilan yozib tugallandi, 
Adib uni badiiy tilda ijod qildi. 
Agar kim koshg‘ar tilini bilsa, 
Adibning aytganlarini anglab yetadi) (AH.499–502). 
Ushbu baytlardagi 
kašğar
tili~kašğarî til
atamasi 
qoraxoniylar markaziy o‘lkasidagi koshg‘ar (=qashqar) lahjasi 
(adabiy til) nazarda tutilgan deyish mumkin. Ushbu atama 
Mahmud Koshg‘ariy qayd etgan 
xoqoniya tili
ning o‘zidir. 
Chunki devonda qashqarliklar “xoqoniya turkchasi” da 
so‘zlashlari ta’kidlangan (MK.I. 66). 
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Amir Arslon 
tarxon ma’lumotlaridan qoraxoniylar davri turkiy adabiy tiliga 
yetakchi dialektlar asos bo‘lib xizmat qilganligi ayon bo‘ladi. 
Ushbu yozma adabiy til 
turk tili, xoqoniya tili, bug‘raxon tili, 
koshg‘ar tili
singari otlar bilan atalgan. XIII–XV asrlarda 
yuzaga kelib takomil topgan 
“chig‘atoy tili”, “chig‘atoy 
turkchasi”
ana shu adabiy tilning davomida turadi. 
Bu kezlarda 
čïğatay tili
atamasi 
türkčä, türkî
atamalari 
bilan yonma-yon qo‘llanilib, kitobiy adabiy tilni farqlash uchun 
ham xizmat qila boshladi. Abulg‘oziyning “Shajara-yi 
tarokima”da keltirgan quyidagi ma’lumotlari bunga dalildir. 
Tarixchi yozadi: 
Hamma uluğlar ham āddî kišilär tüšünsün 


20
dep, men bu tarixnï türkî til bilän aytdïm. Türkîni ham andaq 
aytup-men-kim, beš yašar oğlan tüšünür. Tüšüniš asan bolsun 
dep men čïğatay türkîsidin, fārsîča va arabčadïn bir dāna ham 
söz qošmadïm.
Bu o‘rinda 
čïğatay türkîsi
deyilganda XV–XVI 
asrlardagi kitobiy til ko‘zda tutilgan. Ushbu atama ham 
qoraxoniylar davri manbalarida qo‘llangan “bug‘raxon tili”, 
“xoqoniya tili”, “koshg‘ar tili” atamalari singari adabiy tilni 
anglatadi. Temuriylar zamonida Mavoraunnahr va Xuroson 
adabiy, madaniy muhitida shakllangan adabiy til (“chig‘atoy 
turkiysi”) shu o‘lkadagina emas, balki butun turk-musulmon 
muhitining kitobiy adabiy tili darajasiga ko‘tarilgan edi. 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə