Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar xisobi


Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#134223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2

Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha asosiy vositalari ishlab chiqarishga faol va nofaol ta’sir ko‘rsatadigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Maxsus qurilish mashinalari va mexanizmlari, transport vositalari, ayrim xo‘jalik inventarlari ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadigan asosiy vositalar hisoblanadi. Bino va inshoatlar, mebel va ayrim jihozlar ishlab chiqarishga bevosita faol ta’sir ko‘rsatmaydigan asosiy vositalarga kiradi.

Mulkiy kimga tegishligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari xususiy va vaqtinchalik foydalanishga (ijaraga) olingan asosiy vositalarga bo‘linadi.

Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko‘ra qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari turli xil bo‘ladi, masalan xorijiy davlatlardan sotib olingan (import) va respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy vositalar, o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalar, ta’sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar va bepul kelib tushgan asosiy vositalar.


Sotib olingandagi holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini yangi va oldinlari foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarga bo‘lish mumkin.

Real holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari ishlatilayotgan (ekspluatatsiyadagi), kapital ta’mirlashdagi, konservatsiya qilingan, zahiradagi, sotishga va tugatishga tayyorlangan, ijaraga berilgan asosiy vositalarga ajratiladi. Sotishga va tugatishga tayyorlangan asosiy vositalar alohida qismlarga ajratilgan holda saqlanishi mumkin.
Alohida ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligiga ko‘ra qurilishda qo‘llanilayotgan asosiy vositalar maxsus, universal va aralash maqsaddagi asosiy vositalarga bo‘linadi. Kranlar, beton qorish mashinalari, temir va taxta kesish, burg‘ulash jihozlari, kovushli ekskavatorlar, grederlar va shu kabi ayrim qurilish texnikalari maxsus asosiy vositalar hisoblanadi. Traktorlar, buldozerlar, ayrim transport vositalari, bino va inshoatlar universal harakterga ega bo‘ladi.


Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə