Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar xisobi



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#134223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2

0160 «Transport vositalari» schyotida yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning analitik hisobi 13-jurnal-orderda, shuningdek har bir inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vositalar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.

Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, bepul olinishi, ta’sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ularning boshlang‘ich qiymatini qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.



Kapital investitsiyalar – bu qurilish tashkilotlarining yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi. Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir.

Qurilish tashkilotlari o‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalarni ikki usulda amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish», 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish», 0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotlarida olib boriladi.




0810 «Tugallanmagan qurilish» schyotining debetida qurilish tashkilotlari tomonidan sarflangan kapital quyilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schyotning qoldig‘i debet tomonida bo‘lib, u tugallanmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan kapital quyilmalar summasini ko‘rsatadi.


Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə