Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar xisobi


«Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari»



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#134223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2

0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» schyotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:




  • binolar bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (sexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar). Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.



  • inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari, sig‘imlar, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.



  • uzatish qurilmalari – elektr liniyalari, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.



0130 «Mashina va uskunalar» schyotida yerga mustahkam o‘rnatiladigan va relsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozerlar, beton qorish mashinalari, transporterlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash, arralash, randalash, temir-tersaklarni kesish, ulash, bo‘yoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalarning hisobi olib boriladi.

0140 «Mebel va ofis jihozlari» schyotida shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.


0150 «Kompyuter uskunasi va hisoblash texnikasi» schyotida kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner, modem va boshqalar)ning hisobi olib boriladi.



Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə