Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar xisobi


Turi va ko‘rinishiga ko‘ra



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#134223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2

Turi va ko‘rinishiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari buxgalteriya hisobi, moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzishda barcha xo‘jalik yuritish sub’ektlari uchun umumbelgilangan guruhlarga ajratiladi. Ushbu guruhlar hamda ularga kiruvchi asosiy vositalar bo‘lib, chunonchi, quyidagilar hisoblanadi: yer va yer uchastkalari; bino va inshoatlar; mashina va uskunalar; ofis mebellari va jihozlari; kompyuterlar; transport vositalari; ishchi xayvonlar; ko‘p yillik o‘simliklar; boshqa asosiy vositalar.
Qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini boshqa belgilari bo‘yicha ham tasniflash mumkin. Chunonchi, soliq solishga munosabatiga ko‘ra ular mol-mulk solig‘iga tortiladigan va mol-mulk solig‘iga tortilmaydigan asosiy vositalarga ajratiladi. Amortizatsiya qilinishiga ko‘ra ular Soliq kodeksida belgilangan turli me’yorlar bo‘yicha eskirishi hisoblanadigan va mos ravishda turli muddatlarda (5 yildan 20 yilgacha) xizmat ko‘rsatadigan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:


  • qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan buyumlar – stol ustiga qo‘yiladigan kalkulyatorlar, yoritg‘ichlar, yozuv uskunalari, taqvimnomalar;



  • vaqtinchalik foydalanish uchun qurilgan yo‘lkalar va boshqa moslamalar (notitul inshoatlar).

Qurilish tashkilotlari o‘zlarining asosiy vositalari qiymatini 5-son BHMS «Asosiy vositalar»da keltirilgan tartibda baholashlari, shuningdek joriy hisobda ularni boshlang‘ich (tiklangan) qiymatida, buxgalteriya balansida esa qoldiq qiymatida aks ettirishlari lozim.



Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va

harakatining hisobi
Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobini respublikamizning qonunlari va qonun osti hujjatlari asosida olib borishlari lozim.
2002 yil 1 yanvardan joriy etilayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi (21-son BHMS)ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan schyotlarda olib boriladi.

0110 «Yer» schyotida qurilish tashkilotlari ixtiyoriga qonun hujjatlariga muvofiq mulk sifatida berilgan yer uchastkalari aks ettiriladi.

Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə