Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar xisobi



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#134223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2



MAVZU: “QURILISH TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR XISOBI”



Reja:
1.Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi ?
2.Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakatining hisobi ?


Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunonchi, yer osti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina va uskunalar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishga kerakli bo‘lgan ko‘p miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta’minot, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi binolar, inshoatlar, transport va boshqa mehnat vositalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati, eskirishi va yangilanishi, samarali ishlatilishi ustidan uzliksiz nazoratni o‘rnatish, shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.


Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalarni turlicha tasniflash mumkin (2.1-jadval).
Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha asosiy vositalarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib, chunonchi, bevosita qurilish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan mehnat qurollari va vositalari, masalan maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, texnika, transport vositalari, bino va inshoatlar hisoblanadi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ma’muriyat binosi, ofis mebellari, kompyuterlar, boshqaruvga xizmat qiladigan transport vositalari, shuningdek boshqa ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilayotgan ob’ektlar kiradi.



Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə