R. A. Norov t f. n., dotsent, Toshkent


-bob. Bino va inshootlar konstruksiyalarni sinash



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə22/28
tarix13.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#110027
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Standartlashtirish va sifat nazorati-fayllar.org

6-bob. Bino va inshootlar konstruksiyalarni sinash
6.1. Naturaviy sinash uslubi asoslari
Inshootlarni yanada chuqurroq va har taraflama tekshirish maqsadida yuk ko'taruvchi konstruksiyalar ustida eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. Eksperimental ishlar umumiy
tekshiruvning oxirgi bosqichlarida amalga oshiriladi. Bundan ko'zlangan maqsad konstruksiyaning haqiqiy ishi to'g'risida mufassalroq ma'lumot olishdir.

Naturaviy sinovlarni o'z ichiga olgan eksperimental tadqiqotlar maxsus laboratoriyalarga topshiriladi. Uncha murakkab bo'lmagan sinovlarni qurilish tashkilotlari yoki zavodlarning o'zi ham bajarishi mumkin.

Bevosita naturaviy sinovlar bilan bog'liq bo'lgan ishlar quyidagilardan iborat:
. texnik vazifani belgilash;
. texnik hujjatlarni tayyorlash;
. sinaladigan konstruksiya, asbob va uskunalarni tayyorlash;

. sinov natijalarini qayta ishlash.

Texnik hujjatlarga — sinash ishlari dasturi, sinash loyihasi, sinalayotgan konstruksiyaning tekshiruv hisobi kiradi. Ishchi dastur naturaviy sinovlarning asosiy uslubiy hujjati hisoblanadi. Ishchi dasturda sinov maqsadi va vazifalari hamda ish tartibi bayon etiladi, sinov yukining qiymati ko'rsatiladi, yuk va asboblarni o'rnatish sxemasi beriladi, qo'llanilayotgan o'lchash asboblari ro'yxati keltiriladi, sinov natijalarini qayta ishlash uslubi, xavfsizlik texnikasi tadbirlari tafsili o'rin oladi.

Dasturning asosiy qismini sinash obyektining tavsifi tashkil etadi. Sinash obyekti konstruksiyaning bir yoki bir necha element, konstruksiyaning bir qismi yoki konstruksiyaning o'zi bo'lishi mumkin. Statik sinovlar jarayonida ko'pincha xavfli sanalgan alohida elementlar sinaladi.

Sinash loyihasi barcha konstruksiyalarning va yuklash uskunalarinini, chizmalaridan; konstruksiyani to'liq buzilishdan saqlovchi va ishchilarning xavfsizligini ta'minlovchi moslamalarning chizmalaridan tashkil topadi. Sinash loyihasi tarkibida yana sinovlar jarayonida konstruksiyani tekshirib turish uchun lozim bo'ladigan havozalarning chizmalari, shuningdek, konstruksiya va asboblarni ekspluatatsion yuk va boshqa ta'sirlardan muhofaza qiladigan moslamalarning chizmalari ham o'z aksini topadi.

Sinalayotgan konstruksiyaning hisobi dastlabki tekshiruv natijalari asosida materialda aniqlangan nuqsonlarni, o'lchamlardagi xatolarni va boshqa kamchiliklarni hisobga olgan holda bajariladi. Hisoblashlar natijasida asboblar o'rnatilgan joylardagi deformatsiyalar, kuchlanishlar va ko'chishlar aniqlanadi. Hisob ma'lumotlari yuklanishlarning barcha bosqichlarida olingan eksperimental qiymatlar bilan nazariy qiymatlarni taqqoslash imkonini beradi.

Naturaviy sinovlarning asosiy vazifasi yuklangan konstruksiya elementlarida hosil bo'ladigan ko'chish, deformatsiya va kuchlanishlarning haqiqiy qiymatlarini aniqlashdan iborat. Mazkur vazifani ado etish uchun sinovlarni uch bosqichda o'tkazish ko'zda tutiladi: konstruksiyadagi to'liq kuchlanishlarni yuk qo'ymasdan ilgari aniqlash; hisoblash sxemasi va hisoblash usulini tekshirish maqsadida konstruksiyaga kamroq kuch ko'yib sinash; oxirgi bosqichda konstruksiyaga katta kuch qo'yib sinash.

Eksperimentning maqsadiga qarab, sinov yo'li bilan obyektning quyidagi xarakteristikalari aniqlanadi:


  1. yuk ko'tarish qobiliyati; bunda sinalayotgan obyektni mustahkamligi


    yoki ustuvorligini yo'qotadigan yukning qiymati aniqlanadi;
  2. bikirligi; bunda obyektdan normal foydalanish imkonini beradigan


    ko’chishlarning chegaraviy qiymati aniqlanadi;
  3. yoriqbardoshlik; bunda ekspluatatsiya jarayonida ruxsat etilgan


    me’yordan ortiqcha yoriqlar paydo qiladigan yukning qiymati aniqlanadi.

Sinash ishlari vazifalariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Qabul qilish sinovlari; bunday sinovlar qurib bitkazilgan inshootlarni foydalanishga topshirishdan ilgari bajarilib, obyektning umumiy holati, kuchlanishlarning loyiha va me'yoriy talablarga mosligi tekshiriladi.
2. Foydalanilayotgan inshootlarni sinash; ba'zan texnogen ta'sirlar
natijasida inshoot turli darajada shikastlanadi. Shunday hollarda bundan
buyon obyektdan foydalanish masalasini hal etish uchun uni sinovdan

o’tkaziladi. Bundan tashqari, obyekt rekonstruksiya qilinadigan bo'lsa yoki


undan foydalanish xarakteri o'zgarsa, unga qo'yiladigan ekspluatatsion

yuklarni oshirish imkoniyatini o'rganish maqsadida sinash ishlari amalga oshiriladi.

3. Zavodlarda seriyali ishlab chiqariladigan buyumlardan alohida namunalar tanlab olinib, buzilgunga qadar sinaladi. Bu kabi tanlanma sinovlarni o'tkazishdan maqsad chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga yalpi baho berishdan iborat.

4. Ilmiy-tadqiqot sinovlari; bunday sinovlar yangi konstruktiv yechimlar qabul qilingan hollarda hamda yangi hisoblash usullarini tekshirishda; yangi qurilish materiallari qo'llanilganda; ekspluatatsiya jarayonida noqulay muhitga duch kelinishi mumkin bo'lgan hollarda o'tkaziladi. Sinovlar naturada yoki laboratoriya sharoitida o'tkazilishi mumkin.

Obyektning sinovdan keyingi holatiga qarab quyidagi ikki hol uchrashi mumkin:

  1. obyektlar sinovlardan so'ng ekspluatatsiyada davom etadigan bo'lsa,


    sinov jarayonida ehtiyot bo'lib, ortiqcha shikastlanishlarga yo'l qo'yilmaydi;
  2. sinovlardan so'ng obyektlardan foydalanish ko'zda tutilmasa, u holda


    to'liq informatsiyaga ega bo'lish uchun, sinovlar obyekt buzilgunga qadar
    davom ettiriladi.




Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə