Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


 -B O B . K APITAL B O Z O R IN I M O L IY A V IY -



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

2 -B O B . K APITAL B O Z O R IN I M O L IY A V IY -
IQ T IS O D IY H IS O B L A S H U S U L L A R I
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqaradigan har 
qanday obyekt, jumladan shaxta, rudnik, fabrika, zavod va hatto 
har bitta shaxsga qadar uning faoliyatini baholashdagi asosiy mezon 
ularning olgan foyda yoki ko'rgan zarari miqdori bilan belgilanadi.
Kapital bozori qat’iy prinsiplarga amal qiladi. Jumladan «Tovar
— pul va vaqt — pul», ya’ni «tovar bo'lsa, pul bor», vaqt sarflandimi, 
pul to'la, har qanday sarflangan mehnat, vaqt va xizmat uni pul 
birligida taqdirlanishini talab etadi. Shunday qilib, pul tabiiy boylik 
qiymatini va iqtisodiy faoliyatni baholovchi universal o'lchov mezoni 
bo'lib hisoblanadi.
Kapital bozorida har bir ishtirokchi o'zining shaxsiy manfaatini 
ko'zlab, o'z ixtiyori va bilimi doirasida barcha konyunktura vaziyat 
uning tarafida yoki qarshi ekanligini hisobga olgan holda harakat 
qiladi.
Foyda keltiruvchi tadbirni tashkil etish uchun o'zining mehnat 
doirasida, har bir tadbirkor o'zining mablag'i bilan qanday 
muomalada bo'lishi kerakligini bilishi, qancha miqdordagi pulni 
o'zining shaxsiy xarajatlari uchun qoldirishi kerakligini, qanchasini 
qayetga, qancha muddatga qo'yib yiliga necha foiz foyda keltirishini, 
qanday qilib maksimal daromad olish mumkinligini bilib, «pul — 
pulni topadi» degan prinsipga muvofiq harakat qilishi kerak.
Har qanday shakldagi ishlab chiqaruvchi korxona, birlashma, 
kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, firma va boshqarmalarning 
rahbarlari shuni yaxshi biladilarki, ularni tashkil etgan biznesi 
kelajakda katta foyda keltiradi. Agar ularda ishlab chiqarish 
korxonalarini kengaytirish, modernizatsiyalash yoki yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish zarurbo'lgan taqdirda 
kerakli miqdordagi mablag'ni topish uchun qimmatli qog'ozlar 
chiqaradi va ularni banklarga, sug'urta kompaniyalariga, har xil 
ishlab chiqarish tashkilotlariga va boshqalarga sotadi. Qimmatli 
qog'ozlarni sotishdan tushgan mablag'ni ishlatib, menejerlar yuqori 
rentabelli mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi. Shunday 
qilib, pulni kelajakka haydash masalasini hal qilish uchun zarur
28


bo'lgan miqdordagi mablag'ni, qimmatli qog'ozlar chiqarish va sotish 
yo'li bilan amalga oshiradi.
Shu sababdan ko'pchilik puldorlar bunday foydali bitim tuzish 
yo'li bilan o'zining ishlatilmay turgan mablag'ini aylantirishga 
yo'naltiradi. Agar uning mablag'i o'ziga kerak bo'lib qolsa, 
kelishilgan muddatda qaytarib olishi mumkin, lekin uning 
mablag'idan foydalanganligi uchun ma’lum foiz qo'shimcha to'lov 
bilan birga qaytariladi.
Shunday qilib, qimmatli qog'ozlar bugungi kun bilan kelajak 
narxlari o'rtasidagi farqi hisobiga ma’lum miqdor qo'shimcha 
daromad olish imkonini be rad i.
Qimmatli qog'ozlami sotib oluvchi, masalaning teskari tomonini 
hal qiladi, ya’ni mablag'ning hozirgi naqdini kelajakka haydaydi. 
Qimmatli qog'ozlardan aksiya yoki obligatsiya turini sotib olib, 
omadi kelsa, yaxshigina daromad qilishi mumkin. Shuni ham esdan 
chiqarmaslik kerak-ki, har qanday biznes ham tavakkalchilikka 
asoslangan.
Pulni belgilangan vaqtdagi narxini hisoblash, aksiya va 
obligatsiyalami nimaga kerakligini ularni sotib olishdan oldin qanday 
hisob-kitob qilish kerakligi, tavakkalchilikni hisobga olish va boshqa 
yuqori rentabelli tadbirlami o'rganib hisoblash zaair. Barcha shunga 
o'xshash masalalar bilan moliya matematikasi shug'ullanadi. Joriy 
narxni va kelajakda kutilayotgan daromad yoki xarajatni u yoki bu 
aktiv bilan moliyaviy loyihaga bog'liqligi algoritmini taklif etadi.
Yangi shaxta va rudniklarni qurish yoki ishlab turganlarni qayta 
jihozlashni loyihalashda kapital bozorida qo'llanilayotgan moliyaviy 
hisoblarni qo'llash usullari hisobga olingan bo'lishi kerak.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə