Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


 -B O B . R U D N IK L A R N I L O Y IH A L A S H N IN G



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

1 -B O B . R U D N IK L A R N I L O Y IH A L A S H N IN G
A S O S IY Y O ‘N A L IS H I
l - § . Loyihalash haqida umumiy m a’lumotlar
Yangi shaxta va rudniklarni qurish, ishlab turgan konchilik 
korxonalarini kengaytirish va qayta jihozlash ishlarini loyihalash 
uchun shu hududdagi mavjud foydali qazilma zaxiralari A, В va 
С kategoriyalari bo'yicha davlat zaxira komissiyasi tomonidan 
tasdiqlangan bo'lishi shart. Shundan so‘ng, korxona yoki tashkilot 
shu qazilma boylik konlaridan foydalanish uchun maxsus davlat 
organidan yerosti konlarini ishlatish uchun yerostidan foydalanish 
huquqini beruvchi davlat tashkiloti yoki organidan litsenziya 
olganidan so‘ng, loyihalashga huquq beruvchi litsenziyasi bo'lgan 
loyihalash instituti yoki loyihalash tashkiloti bilan shu konchilik 
korxonasini yoki shaxta rudniklarini loyihalashga topshiriq bergan 
buyurtmachi bilan loyihalashtiruvchi institut yoki tashkilot o'rtasida 
kclishuv shartnomasi tuzilib, rasmiylashtirilganidan so‘ng 
shartnoma kuchga kiradi. Buyurtmachi belgilangan tartibda davlat 
organlari tomonidan berilgan yer osti foydali qazilma konlaridan 
foydalanishga huquq beruvchi litsenziyasi bo‘lgan vazirlik, 
aksiyadorlik jamiyati va jismoniy shaxslar boMishi mumkin. Ularda 
foydali qazilma konlarini qazib olish shart-sharoitlari bitilgan 
litsenziya bilan birga tuzilgan kontrakt ham bo'lishi kerak.
Biznes reja yoki texnik-iqtisodiy asos (T IA ) tuzilib, foydali 
qazilma konini qazib olishning iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi va xalq xo'jaligiga zarurligi, qazib olishga texnikaviy 
imkoniyatlari yetarli bo'lgan buyurtmachi bilan loyihalash instituti
- Bosh loyihachining bevosita ishtirokida loyihalashga topshiriq 
tuzadi, sub-pudratchi sifatida maxsus loyihalash tashkilotlarini 
loyihalash ishiga jalb qiladigan bo‘lsa, topshiriq tuzishda hisobga 
olinib, ularning nomlari ko'rsatiladi. Bosh loyihachi esa, odatda, 
loyihaning texnologik qismini ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti 
hisoblanadi.
Buyurtmachi topshiriq bilan birga loyihalovchi institutga foydali 
qazilma konini ishlatishga huquq beruvchi litsenziyani, konchilik 
ishi uchun ajratilgan yer osti maydonining oMchami haqidagi


dalolatnomani, qazib olish shart-sharoitlari belgilangan kontraktni 
va tuman, viloyat hokimligining qurilish maydonini tanlash va yer 
maydonini ajratib berish haqidagi qarorini ham qo'shib topshiradi.
Buyurtmachi loyihalash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi va 
sifati ustidan nazorat o‘rnatadi va tayyorlangan loyihalar smeta 
hujjatlarini qabul qilib oladi. Bundan tashqari loyihaga buyurtma 
beruvchi tashkilot yoki shaxs belgilangan muddatda topshiriqnomani 
berishi, boshlang'ich ma’lumotlar haqidagi hujjatlarni va 
loyihalangan obyektlarga taalluqli ishlarni o'z vaqtida hisob-kitob 
qilib, shartnoma-smetadagi belgilangan haqni to‘lab turishga 
javobgardir.
Konchilik korxonasi bino va inshootlarini loyihalash 
ishlarini bir bosqichda (ishchi loyiha, jamlangan smeta 
qiymatida hisoblangan hujjatlar) yoki ikki bosqichda (birinchi 
davridagi loyiha bilan birga jamlama smeta hisobi, ikkinchi 
bosqichda esa ishchi hujjatlari) tayyorlanib, buyurtmachiga 
topshiriladi.
Konchilik korxonasini loyihalasbni bir bosqichda yoki ikki 
bosqichda loyihalash tartibi buyurtmachining qaroriga muvofiq 
ijro etiladi va topshiriqqa kerakli shartlar kiritiladi.
Bosh loyihachi har bir loyihalanadigan obyekt uchun loyihaning 
bosh muhandisini tayinlaydi, u loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha ishlarni muvoflqlashtirib, loyihaning sifatiga, konchilik 
korxonasi qurilishiga sarflanadigan mablag1, ya’ni smeta narxi 
qiymatiga javobgardir.
Bosh loyihachi loyihaning sifatiga, smeta hujjatlarining to‘g‘ri 
tuzulishiga, ularning bo'laklarining biri ikkinchisi bilan 
muvofiqlashtirilganligi va loyiha ishlarini muddatida bajarilishiga 
javobgardir. Loyihalash ishiga tortilgan maxsus loyihalovchi 
tashkilotlar ham loyihaning bir qismini bajarishga yoki loyiha- 
qidiruv ishlarini shartnoma asosida bajaradigan boMganligi uchun 
bosh loyihachi oldida javobgardir.
Loyihalashga topshiriq olgandan so‘ng loyihalash tashkiloti aniq 
bir obyekt loyihasini ishlab chiqishga kirishadi. Loyihani 
buyurtmachi qabul qilguniga qadar ekspertizadan o'tkaziladi. 
Ekspertizadan yoki ekspertiza komissiyasidan ijobiy xulosa olinsa,
10


u loyihani yoqlash va tasdiqlashga taqdim etish mumkin bo'ladi.
Loyihalovchi tashkilot tuzilgan loyihaga olingan ekspertiza 
xulosasi ijobiy bo'lib tasdiqlangan bo'lsa ham, buyurtmachiga 
topshirilgandan so'ng ham loyiha va smeta hujjatlarida yo‘l 
qo'yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishga javobgardir.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə